Hech kimga sir emaski Germaniya tibbiyoti dunyodagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Nemislar tibbiy asbob-uskunalarining sifatliligi va shifokorlarining malakali ekanligi bilan ham bemalol maqtana oladi. Shuning uchun ham Germaniyada tibbiyot sohasida o’qib, ana shunday malakali shifokor bo’lishni xohlovchilar ham juda ko’p.
Bugun sizlarga Germaniyada tibbiyot sohasida o’qish haqida ba’zi ma’lumotlarni aytib o’tamiz.
- Davlat universitetlarida boshqa sohalar singari, tibbiyot sohasi ham bepul o’qitiladi. Ammo shuni bilib qo’yish kerakki, tibbiyotda o’qiyotgan har bir talaba davlat uchun 200 ming yevroga tushadi. Ya’ni siz o’qishni bitirguncha Germaniya davlat byudjetiga 200 ming yevro „zarar“ qilasiz.
- Germaniyada tibbiyot 12 semester ya’ni 6 yil davom etadi. Dastlabki 2 yil Vorklinische Teil, keyingi 3 yil Klinische Teil va oxirgi 1 yil Praktisches Jahr.
- Germaniyada tibbiyot sohasida o’qish uchun odatda hech qanday imtihon topshirilmaydi. Maktab, litsey (studienkolleg) va universitetda 1-2 yil o’qigan baholaringizga qarab qabul qilinasiz.
- O’zbekistonda qaysi yo’nalishda bakalavrni tugatganingizdan qat’iy nazar, Germaniyada boshqattan tibbiyot sohasida o’qishingiz mumkin. Sizdan studienkolleg yoki tibbiyotda o’qigan bo’lishingiz talab etilmaydi. Olgan baholaringiz yaxshi bo’lsa kifoya.
- Tibbiyot sohasida o’qishga kirish uchun nemislarga alohida, chet ellik talabalarga alohida kvota ajratiladi. Ya’ni siz o’zingizga o’xshagan chet ellik talabalar bilan kurash olib borasiz. Bu ham qo’shimcha imkoniyatdek gap.
- Davlat universitetlarida tibbiyot faqat nemis tilida o’qitiladi va eng kamida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi.
Hozircha shular, keyingi postlarda tibbiyot sohasida o’qish uchun hujjat topshirish, universitet tanlash va o’qish davomida o’rgatiladigan mavzular haqida ma’lumotlar beramiz. Germaniyada tibbiyot sohasida o’qimoqchi bo’lgan do’stlaringizni kanalimizga taklif eting.
Post Muallifi : Abu Umar
Telegramdagi @uzDeutschland kanali uchun maxsus!