Germaniyada vrach bo’lib ishlash haqida ma’lumotlar

Disclaimer: Ushbu post 2019-yilda yozilgan. U vaqtda Germaniyada ishlayotgan vrachlarimiz hozirgidek ko’p emas edi, ma’lumotlar ham juda kam edi. Hozirgi kunda telegramdagi @feur_Studium_und_Medizin kanalidan Germaniyada vrach bo’lib ishlash haqidagi barcha ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, Germaniyada ishlayotgan 11% ga yaqin Doktorlar xorijlik ekan. Bu yerda doktorlarga bo’lgan hurmat va ishonch yuqori darajada. Ularning oyliklari va imkoniyatlari ham shunga yarasha. Germaniya tibbiyot sohasida ishlayotgan hodimlar uchun yetarlicha mablag‘ ajratadi,ularni eng zamonaviy tibbiyot uskunalari,asbob anjomlari bilan ta’minlaydi. Xalq ham hukumat ham doktorlarni hurmat qiladi,qadrlaydi. Shuning uchun Germaniyada ishlamoqchi bo’lgan xorijlik doktorlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Siz ham shulardan birimisiz? O’zbekistonda tibbiyot sohasida o’qib,endi Germaniyada ishlab,o’z malakangizni va oyligingizni oshirmoqchimisiz? Unda ushbu post aynan siz uchun. Postda O’zbekistonda olingan diplom bilan qanday qilib Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash mumkinligi haqida ma’lumot berishga harakat qilaman.

Eng avvalo shuni aytib o’tishim kerak : O’zbekistonda tibbiyot sohasida o’qib, keyin Germaniyada vrach bo’lib ishlash oson ish emas, lekin uddalasa bo’ladi. Buning uchun ko’p vaqt va xarakat talab qilinadi.

Ho’sh, Germaniya Federativ Respublikasida tibbiyot sohasida ishlamoqchi bo’lgan har bir shaxs shu sohada ishlash uchun litsenziyaga ega bo’lishi shart.

Litsenziyaning 2 xil turi mavjud :

1️⃣. Approbation. Bu litsenziya sizga butun Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash huquqini beradi.

2️⃣.Berufserlaubnis. Bu litsenziya ko’pi bilan ikki yilga beriladi hamda faqat litsenziyani bergan Bundesland hududida amal qiladi(ya’ni NRW dan olinsa faqat NRW hududida amal qiladi). Serquyoshda olingan diplomlar bilan Approbation olishning iloji yo’q, chunki Approbationsbehörden hodimlari fikriga ko’ra O’zbekistonda tibbiyot sohasida o’qiganlarning nazariy va amaliy bilimlari Germaniyada ishlash uchun kifoya qilmas ekan. Endi agar siz vrach bo’lib ishlashni xoxlasangiz quyidagi bosqichlardan o’tishingiz kerak bo’ladi :

1️⃣. Nemis tilini kamida B2 darajada o’rganasiz. Qo’shimchasiga meditsina sohasidagi nemis tilidagi bilimlaringiz C1 darajada bo’lishi kerak.

2️⃣.Berufserlaubnis olasiz va Gemaniyadagi klinikada Approbation olgan vrach kuzatuvi ostida ko’pi bilan 24 oy ishlaysiz.

3️⃣. Ushbu ish jarayoni davomida tibbiy bilimlaringizni va nemis tili ko’nikmalarini oshirib borasiz va Kenntnisprüfung nomli imtihon topshirasiz. Imtihon 60-90 daqiqa davom etadi va ichki meditsina (innere Medizin) va xirurgiyaga oid bilimlaringiz tekshiriladi. Qo’shimchasiga sizdan boshqa tibbiy sohaga oid savollarni so’rab qolish mumkin. Kenntnisprüfung imtihonining narxi Bundeslanddan Bundeslandga farqlanadi. 400€-1100€ atrofida.

4️⃣. Kenntnisprüfungdan muvaffaqqiyatli o’tib, nemis tilidan yetarli bilimlaringiz borligini isbotlab berganingizdan so’ng, sizga Approbation beriladi.

5️⃣. Approbation orqali xoxlagan Bundeslandizda Assistentarzt bo’lib ishlashingiz mumkin.

6️⃣. 5 yil Assistentarzt bo’lib ishlaganingizdan keyin, sizga o’zingiz mustaqil vrach bo’lib ishlash huquqi beriladi. Keyin xoxlasangiz o’z praxisingizni ochasiz yoki bironta klinikada ishlashingiz mumkin.

Bir qarashda oson tuyilgan ushbu jarayon ko’p vaqt va xarajatni talab qiladi. Endi shu jarayonlarning har biri haqida qisqacha ma’lumot berib o’tsam. Nemis tilini kamida B2 darajada o’rganganingizdan so’ng, O’zingiz ishlashni xoxlagan Bundeslandga Berufserlaubnis olish uchun hujjatlarni yuborishingiz zarur. Faqat bitta Bundeslandga hujjat jo’natish mumkin, shuning uchun oldindan o’ylab, o’zingiz uchun qulay Bundeslandni tanlashingiz kerak. Jo’natilishi zarur bo’lgan hujjatlar ro’yhati ham Bundeslanddan Bundeslandga qarab farq qiladi. Misol uchun, Saksoniyadagi Approbationsbehörde quyidagi hujjatlarni talab qiladi :
I. Tibbiyot oliygohidan olingan diplomingiz va ilovasining nusxasi. (Beglaubigte kopie)
II. Imzolangan va sizning o’qishingiz, ishingiz, praktikangiz haqida ma’lumot beruvchi CV
III. Tug’ilganlik haqida guvohnoma.
IV. Nikoh haqida guvohnoma
V. Passport kopiya
VI. Ish joyizdan spravka (Beglaubigte kopie)
VII. Tashqi ishlar vazirligi tomonidan beriladigon jinoyat qilmaganingiz haqidagi ma’lumotnoma. My.gov.uz sayt orqali olish mumkin. Agar allaqachon Germaniyada bo’lsangiz,Bundesjustizdan olasiz.
VIII. Sog’liqni saqlash vazirligidan siz haqiqatdan tibbiyot sohasida ishlash huquqiga ega ekanligingiz haqida sertifikat.
IX. Kamida B2 darajangiz borligini tasdiqlovchi sertifikat. (Beglaubigte kopie).
X. Boshqa bundeslandga hujjat jo’natmaganligingiz va jo’natmoqchi emasligingiz haqida yozilgan deklaratsiya. XI. Germaniyada ish joyi topgan bo’lsangiz, Arbeitgeberdan tasdiqnoma.
XII. Tibbiyot sohasida ishlash uchun sog’ligingiz joyida ekanligi haqida ma’lumotnoma
XIII. O’z qo’lingiz bilan yozilishi kerak bo’lgan,sizga nisbatan jinoiy yoki ma’muriy ish olib borilmayotganligi haqida dekloratsiya.

Ushbu dokumentlarni Saksoniyadagi Approbationsbehördega jo’natishingiz zarur. Ushbu idora hodimlari sizning hujjatlaringizni ko’rib chiqadi hamda sizni tibbiy nemis tilidan C1 imtihoniga (Fachsprachprufung) taklif qiladi. Imtihon narxi 425€.

Dokumentlarni jo’natganizdan so’ng, imtihon uchun taklifnoma tahminan 8 hafta ichida keladi. Imtihon har biri 20 daqiqa davom etadigon 3 qismdan iborat. 1-qism Doktor-Bemor suhbati bo’ladi,siz bemor (imtihon oluvchi doktorlardan biri bemor rolini o’ynab turadi) bilan uning kasali va diagnozi haqida suhbat qurasiz. Ikkinchi qismida ushbu suhbatni yozma shaklga keltirasiz. 3-qism doktor-doktor suhbati bo’lib,bemor va uning diagnosi haqida hamkasbiz bilan gaplashasiz,fikr almashasiz.

Imtihon tugagach, sizga imtihon natijasini aytishadi…

Ho’sh, Fachsprachprüfung imtihonini muvaffaqqiyatli topshirganingizdan so’ng Berufserlaubnisni qo’lga kiritasiz. Bu Berufserlaubnis bilan nima qilish mumkin? Bu litsenziya yordamida siz nemis klinika yoki praksislaridan birida 2 yildan ko’p bo’lmagan muddat davomida ishlashingiz mumkin. Mustaqil ishlay olmaysiz, sizni Approbationi bor vrach doim nazorat qilib turadi. Nima qilishiz, qanday qilishiz kerakligini tushuntiradi. O’sha vrach bemorlar bilan yoki boshqa hamkasblari bilan gaplashishiga qarab, nemis tilidan bilimlaringizni ham oshirib borishingiz lozim. Avval aytib o’tganimizdek, Approbation olish uchun Kenntnissprüfung nomli imtihon topshirish lozim. Aynan shu Berufserlaubnis yordamida klinikalarda ishlab, Kenntnissprüfungga tayyorlanasiz. Shuni aytib o’tishim kerakki, ba’zi Bundeslandlarda Kenntnissprüfung topshirish uchun klinikada 2 yil ishlash shart emas,nemis tilini o’rganib bo’lib ham imtihonni topshirishingiz mumkin. Ammo o’zingiz o’rgangan amaliy va nazariy bilimlaringiz kamlik qilishi mumkin. Berufserlaubnis yordamida ish topish uchun ko’plab klinika saytlariga murojaat qilishingiz lozim, ularga tibbiyot sohasida olgan bilimlaringiz,qilgan praktikalaringiz,ishlagan joylaringiz haqidagi hujjatlar + Berufserlaubnisni yuborasiz. Ular hujjatlaringizni ko’rib chiqib,interviewga chaqiradi. Agar ularning kriteriyalariga tog’ri kelsangiz,shartnoma tuzib,ishni boshlashingiz mumkin. (Indeed,stepstone kabi saytlarda ham vakansiyalar chiqib qolishi mumkin,doimiy kuzatish zarur).

Endi Kenntnissprüfung haqida ma’lumot berib o’tsam. Kenntnissprüfung bu tibbiyot sohasini Yevroittifoqqa a’zo bo’lmagan davlatda o’qiganlar topshirishi lozim bo’lgan, 60-90 daqiqa davom etadigon imtihon. Imtihon davomida, imtihon topshiruvchi shaxs tibbiyot sohasida olgan bilimlari nemis universitetlaridan birida tibbiyot sohasida o’qigan talabaning bilimlaridan kam emasligini isbotlab berishi lozim. 2014-yil 1-yanvardagi qonunga köra, Kenntnissprüfungda asosiy urg’u Ichki meditsina (innere Medizin) va Xirurgiyaga beriladi. Qöshimcha ravishda sizga shoshilinch yordam (Notfallmedizin),farmakalogiya (pharmakologie), Strahlenschutz(özbekchasini topolmadim,radiatsiyadan himoyalanish bölsa kerak) va tibbiyot hodimlari bilishi kerak bölgan qonun/qarorlar haqida savollar berishi mumkin. Kenntnissprüfung og’zaki-amaliy bölib, nemis klinikalaridan birida bölib ötadi. Landesprüfungsamt imtihon uchun ma’sul tashkilot hisoblanadi. Kenntnissprüfungni faqat 2 marta topshirishingiz mumkin. Agar ikkalasida ham muvaffaqqiyatsizlikka uchrasangiz, Germaniyada vrach bölish imkoniyati bilan xayrlashasiz. Shuning uchun imtihonga yaxshilab tayyorlanish lozim. Agar tayyorlov kurslariga bormoqchi bölsangiz,die Bundesagentur für Arbeit tomonidan tan olingan quyidagi tayyorlov kurslarini tavsiya qilaman:

berami-Akademie Frankfurt (www.berami-akademie.de) Freiburg International Academy (https://www.fia.academy) Gemeinnützige Gesellschaft für berufsbildende Maßnahmen mbH Berlin (www.gfbm.de) Interkulturelle Bildung Hamburg (www.ibhev.de) Kulturakademie Dresden (www.kulturakademie-dresden.de) maxQ.im bfw – Unternehmen für Bildung (www.maxq.net) medisim Köln (www.medisim.com) mibeg-Institut Medizin (www.mibeg.de ProBildung Leipzig (https://probildung.org)

Kenntnissprufungdan muvaffaqqiyatli o’tkaningizdan keyin, öz Bundeslandingizdagi Approbationbehördega Approbation olish uchun hujjatlarni topshirasiz. Bundeslanddan Bundeslandga qarab, topshirilishi kerak bölgan hujjatlar turlicha böladi. Misol uchun, ötgan safargi postimda Saksoniya bundeslandida Berufserlaubnis olish uchun kerakli hujjatlar röyhatini yozgandim. Approbation olish uchun ham xuddi shu röyhatda yozilgan hujjatlar + Kenntnissprufung va Sprachprufungdan ötganligingiz haqida sertifikat+2 yil klinikada ishlaganingiz haqida ma’lumotnoma+shu link (https://www.lds.sachsen.de/soziales/index.asp?art_param=684 dagi arizani töldirib, yuborasiz.

Approbationbehörde siz yuborgan hujjatlarni körib chiqib,ma’qul topsa Approbation beradi. Bu tahminan 3-6 oy yoki ba’zi hollarda undan ham köp vaqt davom etadi.

Approbationni olganingizdan keyin, Germaniyadagi biron klinikada Assistentarzt bo’lib ishlashingiz mumkin. Assistentarztning oylik maoshi 4000€-5500€ atrofida böladi.

Va nihoyat 5 yil Assistentarzt bölib ishlaganingizdan söng, Facharztprüfung nomli imtihonni topshirasiz. Imtihondan muvaffaqqiyatli ötganingizdan söng, haqiqiy mustaqil Facharzt bölasiz. Facharztprüfung bu og’zaki imtihon bölib, bor yo’g’i 30-60 daqiqa davom etadi. Imtihondan keyin Landesärztekammer sizga Facharztdiplom beradi.

E’tiboringiz uchun rahmat.

Post Muallifi : Abu Umar

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen