Assalomu alaykum. Bugun sizlarga elchixona viza berishni rad qilgan holatda qanday ishlar qilinishi mumkinligi haqida xabar bermoqchiman. Eng avvalo, har qanaqa vizaga hujjat topshirishdan oldin, o’sha vizani olish talablarini o’rganib chiqish kerak. Shunda sizdan qaysi dokumentlar talab qilinadi, dokumentlardan tashqari elchixonaga nimalarni isbotlash kerak (Rückkehrbereitschaft, Ziel etc) va boshqa kerakli qoidalarni bilib olasiz.
Germaniya elchixonalari va Auslanderbehördelar Aufenthaltsgesetz qoidalariga ko’ra qaror qabul qilishi kerak. Ya’ni siz vizadan oldin Aufenthaltsgesetzning sizning vizangizga oid qismini o’qib, tushunib oling. Misol uchun, Studium uchun §16 va §16b da yozilgan qoidalarni o’qing. Ushbu qoidalarni o’qib, tushinib olganingizdan keyin, sizda vizaga qanday asosiy hujjatlar bilan kirish va suhbatda savollarga qanday javob berish haqida batafsil tushuncha paydo bo’ladi. Hujjat ishlarida ham, suhbatda ham qiynalmaysit. (Elchixona saytidagi merkblattni o’qish ham esdan chiqmasin). Terminga kirib chiqqaningizdan keyin, sizga rad javobi (otkaz) berilsa, unda sizda 3 ta yo’l bor.
1. Remonstation. Rad javobi xatida (Ablehnungsbescheid) sizga nima sababdan rad javobi berilganligi haqidagi ma’lumot yozilgan bo’ladi. Siz o’sha yerdagi sabab va haligi o’qigan Aufenthaltsgezetsdagi qoidalarni taqqoslaysiz. Agar elchixona noto’g’ri qaror qabul qilgan deb o’ylasangiz, 1 oy ichida remonstration yozasiz. O’sha xatni yozganingizdan keyin elchixona sizga uzog’i 3 oyda (balki 1 haftada) remonsrationizni natijasini aytadi. Ya’ni viza beriladi yoki yana rad javobi beriladi. Bu holatda siz 2-usulni qilishingiz mumkin.
Remonstrationni qog’oz shaklda yozib, qo’l qo’yib elchixonaga pochta orqali jo’natsangiz ham bo’ladi. Yoki skaner qilib, email orqali yuborish ham mumkin.
Hozirda shengen vizaga mehmon sifatida hujjat topshirgan ko’pchilikka rad javobi berilmoqda. Maslahatim, shunday holatda Remonstration yozgan ma’qul. Deylik sizga quyidagi punktlar bo’yicha „Die vorgelegten Informationen über den Zweck und die Bedingungen des geplanten Aufenthalts waren nicht glaubhaft.“ ya’ni sizning Germaniyaga borish maqsadingizga ishonishmagani yoki „Es bestehen begründete Zweifel an Ihrer Absicht, vor Ablauf des Visums aus dem Hoheitsgebiet der Mitgliedstaaten auszureisen.“ ya’ni viza tugagandan so’ng Germaniyadan chiqib ketishingizga ishonmagani uchun rad javobi berildi.
Shunday holatlarda, O’zbekistonda ishingiz, agar talaba bo’lsangiz o’qishingiz, siz parvarish qilishingiz zarur bo’lgan insonlar borligini yoki boshqa muhim sabab bilan O’zbekistonga qaytib kelishingizni tushuntirib berishingiz mumkin. Undan tashqari, Germaniyadagi qarindoshingizni anchadan beri ko’rmaganingizni, uni ko’rish siz uchun muhimligini yoki u sizni yordamingizga vaqtinchalik muhtoj ekanligi aytasiz. Misol uchun, opangiz, singlingiz yoki qizingiz farzandli bo’ldi, yangi mehmonni parvarishlash uchun sizni yordamga chaqirmoqchi. Shularni argument sifatida keltirib o’tsangiz bo’ladi.
2. Klage beim Verwaltungsgericht Berlin einreichen.
Vizadan otkaz olgandan keyin yoki Remonstrationdan otkaz olgandan keyin, siz Berlindagi Verwaltungsgerichtga ya’ni sudga murojaat qilishingiz mumkin. Sudda siz va Germaniya tashqi ishlar vazirligi o’zaro sudlashasizlar, sudda kim mag’lub bo’lsa, sud xarajatlarini o’sha odam to’lashi kerak. Agar siz g’alaba qozonsangiz, sizning Advokatingiz uchun to’lovlarni ham tashqi ishlar vazirligi o’z bo’yniga oladi. Sud xarajatlari odatda 400-500€, Advokat xarajatlari esa 800-1000€ atrofida bo’ladi. Auslanderbehörde va elchixonalarning talablari har doim ham qonuniy bo’lavermaydi, shuning uchun ular bilan tortishishdan qo’rqmaslik kerak. Buning uchun esa o’zingiz qoidalarni yaxshilab o’rganib chiqishingiz zarur.
3. Boshqattan terminga kirish. Agar otkaz olsangiz, boshqattan yana hujjat topshirishiz mumkin. Bu holatda yana 75€ to’lov qilish kerak. Yana kutish kerak. Qisqa qilib aytsak, siz otkaz olgandan keyin 1-ishni, keyin 2-ishni, yoki to’g’ridan to’g’ri 2-ishni qilishingiz mumkin. Ikkalasini ham eplolmasangiz, unda 3-ishni qilasiz. Bu postni yozishimga sabab bo’lgan narsa shuki, Mohamed Ali Ben Alaya ismli tuneziyalik arab yigiti o’qish uchun vizaga hujjat topshirganda, otkaz olgan (Elchixona Mohamedning nemis tilisi yetarli emas, maktabda olgan baholari past, motivationi asosli emas, Germaniyada muvaffaqqiyatli o’qiy olmaydi degan sababni ko’rsatgan). Mohamed elchixona qaroridan norozi bo’lib, Berlindagi sudga murojaat qilgan. Berlindagi sud ham hal qila olmaganidan keyin, ish Yevropa sudida ko’rib chiqilgan (Mohamed Ali Ben Alaya gegen Bundesrepublik Deutschland). Yevropa sudi esa Germaniyaning qarorini asossiz deb hisoblab, Mohamedning foydasiga qaror chiqaradi ya’ni unga viza beriladigan bo’ldi. Shunaqa gap do’stlar, qoidalarni yaxshilab o’rganing! Mohamed nemis tilini yaxshi bilmasayam, baholari past bo’lsayam, motivationi yetarli bo’lmasayam, qoidalarni yaxshi bilardida. „Berlindegi sudingayam“ dedi va o’z maqsadiga erishdi!!!
Post muallifi : Abu Umar