Germaniyada til kursiga kelib, nemis tilini o’rganish haqida ma’lumotlar

Assalomu alaykum. Kanal a’zolarining ko’pchiligi Germaniyaga borib, o’qishni, ishlashni yoki hunar o’rganishni xohlaydi. Qaysi davlatga bormoqchi ekanligingizdan qat’iy nazar, o’sha davlatni tilini bilish maqsadga muvofiq. Agar siz O’zbekistonda nemis tilini o’rganishga qunt qila olmayotgan bo’lsangiz, unda Germaniyaga kelib o’rgansangiz ham bo’ladi. Nemischa muhitda tilingiz ham tezda rivojlanadi. Bugun sizlarga qanday qilib Germaniyaga nemis tilini o’rganish uchun borish haqida ma’lumotlar bermoqchiman.

Germaniyada nemis tilini ikki xil joyda o’rganishingiz mumkin.

1️⃣. Universitet qoshidagi til kurslari. Bu kurslar asosan bo’lajak talabalar uchun mo’ljallangan va ularni nemis tilidagi o’qishga tayyorlaydi. Bu kurslarga kirish uchun sizdan quyidagi narsalar talab qilinadi : A) Agar siz nemis tilidan keyin magistratura o’qimoqchi bolsangiz, bakalavr diplomi talab qilinadi.

B) Agar siz til kursidan so’ng bakalavrda o’qimoqchi bo’lsangiz, hochschulzugangsberechtigung talab qilinadi. Agar sizda quyidagilardan biri mavjud bo’lsa, demak sizda hochschulzugangsberechtigung bor :
1. Akamedik litsey diplomi / maktab attestati + 1 yil studienkolleg yoki
2. Akademik litsey diplomi / maktab attestati + O’zbekistonda 1 yil bakalavr yoki
3. Kollej diplomi + 1 yil bakalavr + 1 yil studienkolleg yoki
4. Kollej diplomi + 2 yil bakalavr yoki
5. Tugallangan bakalavr diplomi.

C) Agar siz til kursini tugatib, Ausbildung qilmoqchi bo’lsangiz ham yuqoridagi talablarni bajarishingiz kerak. (Universitetga “til kursini bitirib o’qishga kirmoqchiman“ deysiz va til kursini tugatib Ausbildungga o’tib ketishingiz mumkin.

Agar sizda yuqoridagi hujjatlardan biri mavjud bo’lsa, u holda universitet qoshida nemis tilini o’rganishingiz mumkin. Lekin hamma universitetda ham bunday imkoniyat mavjud emas. Men Ruhr-Universität-Bochum va Uni Saarlandda shunday kurslar borligini bilaman. Bochumdagi kurs bir yil uchun 2000€. Agar talabalardek jamoat transportidan bepul foydalanmoqchi bo’lsangiz, har semesterda yana 300€ to’lashingiz kerak. Uni Saarlandda esa nemis tili kursi bepul.

Bu kursga kirish uchun, saytidan online ariza topshirasiz (Bewerbung). Arizada qaysi yo’nalishda o’qimoqchiligingizni ko’rsatasiz va davomida yo’nalishni boshlashdan oldin nemis tili kursida o’qimoqchi ekanligingizni belgilaysiz. Ular siz o’sha yo’nalishda o’qishiz mumkin yoki mumkin emasligini tekshiradi va kursga yo’llanma beradi. Bu kurslar sizga nemis tilini boshidan boshlab o’rgatadi, shuning uchun sizdan hech qanday sertifikat talab etilmaydi.

Agar sizda Universitet qoshidagi til kursida o’qish uchun imkoniyat yo’q bo’lsa yoki joy ololmagan bo’lsangiz. Unda ikkinchi tanlov ham bor.

2️⃣. Xususiy til kurslari. Germaniyada juda ham ko’p xususiy til kurslari mavjud. Ularning narxi ham turlicha. Oyiga 200€ dan 2000€ gacha. Bu kurslarga kirish juda ham oson. Online registratsiyadan o’tsangiz kifoya. Agar siz nemis tilini boshlang’ich darajada bilsangiz, unda yuqoriroq kursda o’qisangiz ham bo’ladi. Privat kursda o’qimoqchi bo’lganlar uchun 4 yil oldin o’zim o’qigan Köln shahridagi Activ lernen o’quv kurslarini maslahat bergan bo’lar edim. Juda ham yaxshi shahar va juda ham yaxshi muhit. Agar A1 dan C1 gacha o’qimoqchi bo’lsangiz, 2400€ atrofida kurs uchun pul to’lashingiz lozim. Nemis tilida A1, A2, B1, B2, C1 va C2 daraja bo’lib, har biriga o’rtacha 2 oy (C1, Testdaf,DSH kurslar uchun 3-4 oy) vaqt talab qilinadi.

Endi til kursi uchun viza olish jarayoni haqida aytib o’tsam :

Eng avvalo, til kursidan registratsiya qilasiz. Va eng kamida kursning yarim pulini to’laysiz. Ular sizga Zulassung jo’natadi. Ko’p xususiy kurslar o’zlari turar joy bilan ham ta’minlaydi (odatda alohida pul to’lashingiz kerak) yoki 70-80€ evaziga kvartira topib berishadi. Agar siz o’qimoqchi bo’lgan til kursi ham shunday xizmat taklif qilsa, undan foydalanishni maslahat bergan bo’lardim. Shunda, kvartira topishga qiynalib o’tirmisiz.

Til kursidan Zulassung olganizdan keyin nemis bankidan hisob raqam ochasiz va 10332€ qo’yasz. Blokshot haqidagi to’liq ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin. (2023-yilda qo’yilishi kerak bo’lgan pul miqdori 12000€ dan ko’p)

Bankdan hisob raqam ochganingizdan so’ng, elchixonadan termin belgilaysiz. Terminga quyidagi hujjatlarni olib kirishingiz kerak : 2 nusxada ariza, 2 nusxada pasport kopiya, bankdan ma’lumotnoma, o’qishdan ma’lumotnoma (Zulassung), agar bor bo’lsa bakalavr diplomi + nemis tiliga tarjimasi, litsey/kollej/maktab diplomi + tarjimasi, motivatsiya xati, 3,5×4,5 rasm, agar siz yuqoriroq kursda o’qishni maqsad qilgan bo’lsangiz, o’shanga mos darajada nemis tilini bilishingizni ko’rsatib berishiz kerak. (Masalan B1 dan boshlamoqchi bo’lsangiz, A2 darajangiz borligini) 75€ning so’mdagi ekvalenti. Hujjatlarni 2 nusxadan va originali bilan kirish kerak bo’ladi. Suhbatda sizdan nima uchun nemis tilini o’rganmoqchi ekanligingiz va nemis tilini o’rganib bo’lganingizdan keyin nima qilmoqchi ekanligingiz so’raladi. 1-3 oy ichida viza javobi chiqadi. Agar viza berilsa, mawista yoki care concept nomli sug’urta kompaniyasidan online sug’urta olasiz va ushbu sug’urta bn elchixonaga borasiz. Ular pasportingizga viza urib berishadi.

Germaniyada til kursi davomida qonuniy ishlash mumkin emas. Faqat ta’tilda ishlashingiz mumkin.

P. S Bu post 2021-yilda yozilgan. Yangi qoidalarga ko’ra til kursi vaqtida ham haftasiga 20 soat ishlash mumkin.

Post Muallifi : Abu Umar

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen