#Medizintechnik_in_Deutschland
Assalomu alaykum. Menga yuborilayotgan savollardan shuni bildimki, ko’plab vatandoshlarimiz Germaniyada tibbiyotga aloqador sohalarda o’qishni va ishlashni xohlar ekan. Lekin Germaniyada Vrach, Stomotolog yoki farmasevt bo’lish oson emas. O’qishga kirish ham, uni bitirish ham ancha murakkab. Qolaversa, tibbiyot sohasida talabalar uchun ajratilgan joy cheklangan, afsuski ko’plab abiturientlar o’qishga qabul qilinmaydi. Agar siz ham odamlarni davolashga o’z hissangizni qo’shmoqchi bo’lsangizu, lekin tibbiyot oliygohiga kira olmayotgan bo’lsangiz, alternativ sifatida tibbiyotga aloqador turli sohalarda o’qishingiz mumkin. Bugun shu sohalardan “Medizintechnik“ yo’nalishi haqida ma’lumot berib o’tmoqchiman.
Hozirgi kunda tibbiyot sohasini zamonaviy asbob-uskunalarsiz tasavvur qilish qiyin, kasalxonalarda ham, xususiy klinikalarda ham zamonaviy uskunalar Doktorlar ishini osonlashtirmoqda. EKG, Rentgen Apparat, Tomografiya apparati, suniy nafas beruvchi apparat, protezlar, eshitish apparati va shunga o’xshash asbob uskunalar tibbiyotning ajralmas qismi hisoblanadi. Agarda siz “Medizintechnik“ yo’nalishida o’qisangiz, shunday texnikalar bilan yaqindan tanishasiz, ular qanday ishlashi, ishdan chiqqanda qanday qilib tuzatish, ularni qanday qilib rivojlantirish haqida o’qib o’rganasiz. Undan tashqari shu texnikalar yordamida bemorlarga diagnoz qo’yib, ularni davolashga o’z hissangizni qo’shishingiz mumkin. Balki yaxshi o’qib, kelajakda o’zingiz ham shunday kerakli apparatlardan birini ixtiro qilarsiz?
Medizintechnik yo’nalishi odatda 6 yoki 7 semester (3-3,5 yil) davom etadi(Regelstudienzeit). So’ng, Bachelor of Science yoki Bachelor of Engineering darajasiga ega bo’lasiz. Medizintechnik yo’nalishiga o’qishga kirish unchalik qiyin emas, ba’zi universitetlarda(Hochschule Koblenz ,Hochschule Bremerhaven,Fachhochschule Südwestfalen va hkz) bu soha zulassungfrei, ya’ni minimum talablarni bajargan har qanday abiturient o’qishga qabul qilinadi. Ba’zilari esa (Hochschule Mannheim, Friedrich-Alexander-Universität Erlangen-Nürnberg, TU Darmstadt va hkz ) faqat cheklangan miqdorda talabalarni qabul qiladi.
O’qishga kirish uchun quyidagi minimum talablarni bajarish kerak:LITSEY va 11 YILLIK MAKTAB BITIRUVCHILARI UCHUN : Akademik litsey diplomi + O’zbekistonda(yoki boshqa davlatda) 1 yil bakalavrda o’qigani haqida ma’lumotnoma + nemis tilidan C1 sertifikat. YOKI Akademik litsey diplomi + Feststellprüfung(Studienkollegni bitirayotganda topshiriladi) imtihonidan o’tganligi haqida sertifikat.
KOLLEJ BITIRUVCHILARI UCHUN : Kollej diplomi + 2 yil O’zbekistonda (yoki boshqa davlatda) bakalavr o’qiganligi haqida ma’lumotnoma + nemis tilidan sertifikat YOKI Kollej diplomi +1 yil O’zbekistonda (yoki boshqa davlatda) bakalavr o’qiganligi haqida ma’lumotnoma + Feststellprüfung imtihonidan o’tganligi haqida sertifikat. Ayrim Universitetlar abituriyentlardan 8 haftalik Vorpraktikum talab qiladi, ya’ni o’qishga qabul qilinish uchun O’zbekistonda yoki Germaniyada technika yoki meditsinaga oid sohada 8 hafta praktika qilgan bo’lishiz zarur.
O’qish davomida qaysi fanlarni o’qish kerakligi, o’qish qanday modullar asosiga tuzilgani haqidagi ma’lumotlarni o’zingizni qiziqtirgan universitet saytidan topishingiz mumkin. (Qiziquvchilar ko’p bo’lsa bu haqida ham ko’proq ma’lumot berarman balki, ko’ramiz).
O’qishni bitirgandan so’ng tibbiy asbob uskunalar ishlab chiqaradigon va ularni takomillashtiradigon korxonalarda yoki turli klinikalarda technik hodim bo’lib ishlashingiz mumkin. (Misol uchun, CT, MRT kabi texnikalarga ma’sul bo’lasiz). Undan tashqari kichik firmalarda shu sohaga oid boshqa biron ish bilan shug’ullanishingiz ham mumkin.
Medizintechnik yo’nalishini bitirganlar uchun oylik 2650€ dan boshlanadi, katta firmalarda boshlang’ich oyliklar 3500-4000€ atrofida. Tajribangiz oshgani sari, oyliklar ham ortib boraveradi. P.S. Ma’lumotlarni iloji boricha qisqaroq va soddaroq yozishga xarakat qildim. Agar shu sohaga qiziqqan bo’lsangiz, bir nechta universitetlarning web saytiga kirib, ma’lumotlar bilan yaxshilab tanishib
Post Muallifi : Abu Umar