Nemislar ta’limdan tijoriy maqsadda foydalanishga har doim qarshi chiqib kelgan. Ya’ni hammada oliy ta’lim olish imkoniyati bo’lishligi va universitetlarning maqsadi pul topish bo’lmasligi kerakligini ta’kidlab kelishgan.
Ko’plab namoyishlardan keyin 2014-yili nemis davlat universitetlari hamma uchun bepul bo’ldi, ya’ni qaysi davlatdan kelganidan, qaysi yo’nalishda o’qishidan qat’iy nazar hech kim kontrakt to’lashi shart emas.
Germaniyada 16 ta Bundesland (viloyat) bo’lib, 2017-yildan boshlab Germaniyadagi faqat bitta viloyat – Baden-Württemberg chet ellik talabalardan 1500€ kontrakt to’lab o’qishni talab qila boshladi. Qolgan 15 ta Bundeslanddagi davlat universitetlarida o’qish uchun kontrakt to’lash shart emas.
Ammo Semesterticket, Mensa xarajatlari, talabalar birlashmalarini moliyalashtirish ucPost Muallifi : Abu Umarhun har semesterda (6 oy) 100€-500€ oralig’ida semester boji (Semesterbeitrag) to’lashga to’g’ri keladi.
Post Muallifi : Abu Umar