Germaniyaga kelish yanada osonlashmoqda!!!

#Yangi_viza_qoidalari

Assalomu alaykum hurmatli kanal a’zolari. Bugun, 23-iyun kuni Bundestagda chet elliklarning Germaniyaga kelishini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi qabul qilindi. Yangi qoidalarga ko’ra, Germaniyaga kelmoqchi bo’lganlarga bir qator yengilliklar berilishi ko’zda tutilgan. Bugun shu yangilangan qoidalarning ba’zilari haqida xabar bermoqchiman:

1️⃣. Nemis tili kursi davomida ishlash.

Oldingi qoidalarga ko’ra til o’rganish uchun kelganlar faqat ta’til vaqtida qonuniy ishlashi mumkin edi.

Yangilangan qoidalarga ko’ra, til kursiga kelganlar ham haftasiga 20 soat ishlashi mumkin bo’ladi. Undan tashqari endilikda til kursiga viza olish osonlashadi, agar shartlari bajarilsa, Elchixona viza berishga majbur hisoblanadi. Oldingidek arzimas sabab bilan (Misol uchun, Zweifel an aufenthaltszweck) vizani otkaz qilish mumkin bo’lmaydi.

2️⃣. Talabalik vaqtida ishlash:

Oldingi qoidalarga ko’ra talabalar bir yilda 120 to’liq ish kuni yoki 240 yarim ish kuni ishlashi mumkin edi.

Yangi qoidalarga ko’ra, talabalar endilikda 140 to’liq ish kuni yoki 280 yarim ish kuni ishlashlari mumkin.

3️⃣. Diplomini Anerkennung qilish uchun kelganlar.

Oldingi qoidalarga ko’ra 16d vizasi bilan kelganlar bu viza bilan maksimum 2 yil yurishlari va haftasiga eng ko’pi bilan 10 soat ishlashlari mumkin edi.

Yangi qoidalarga ko’ra, endilikda bu viza bilan 3 yilgacha yurish va haftasiga 20 soat ishlash mumkin bo’ladi.

4️⃣. Studienkollegda o’qish uchun kelganlar:

Amaldagi qoidalarda Studienkollegga imtihon topshirish uchun kelgan Abituriyentlarga yoki Studienkollegda o’qiyotganlarga ishlash huquqi berilmagan.

Yangi qoidalarda esa ularga ham haftasiga 20 soat ishlash huquqi berilishi ko’zda tutilgan.

5️⃣. Ota-onani doimiy yashash uchun Germaniyaga olib kelish.

Oldingi qoidalar bo’yicha faqat istisno holatda ota-ona Germaniyada ishlayotgan farzandining oldiga ko’chib kelsa bo’lar edi.

Yangi qoidalarga ko’ra, ota-onani olib kelish shartlari soddalashtirilar emish. Lekin bu haqida faqat Tagesschau xabar yozdi, boshqa manbalarda bu haqida hech narsa yozilmagan.

6️⃣. Germaniyaga ishlash maqsadida kelmoqchi bo’lganlar.

Bu mavzuda o’zgarishlar juda ham ko’p. Chunki yangi qoidalardan eng asosiy maqsad Germaniyaga malakali ishchi kuchi olib kelish. Shuning uchun bu haqidagi o’zgarishlarni alohida post qilib yozish maqsadga muvofiq deb topdim.

-Yangi qoidalar qachondan kuchga kiradi?

-Buning uchun avval Bundesrat, keyin Kanzler qoidalar bilan tanishib chiqishi va eng oxirida Bundespräsident qo’l qo’yishi kerak. Bunga taxminan 5-6 oy ketadi. Eng ertasi noyabr oyining oxiri deb belgilangan.

Shunaqa gaplar. Agar siz ham Germaniyaga kelishni reja qilib yurgan bo’lsangiz, u holda nemis tilini o’rganing. Imkoniyatlar borgan sari kengayib bormoqda…

P.S: Qoidalarni o’zingiz o’qib chiqishingiz uchun, kommentda manbalarni ham qoldiryabman.

Post Muallifi : Abu Umar

Telegramdagi @uzDeutschland kanali uchun maxsus!

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen