Germaniyaga ishchi viza (blaue karte) olish haqida ma’lumotlar

#Moviy_karta

Assalomu alaykum hurmatli kanal a’zolari. „Germaniyaga ishlash uchun kelish“ nomli postimda moviy karta haqida qisqacha ma’lumot berib o’tgandim. Bugun shu ma’lumotlarni to’ldirib qo’yishni niyat qildim.

Germaniyaning moviy kartasi AQSHning yashil kartasidan farq qiladi. Amerikaning yashil kartasi lotoreya orqali yutib olinsa, nemislarning moviy kartasini olish uchun ba’zi talablarga javob berish kerak.

-Moviy karta kimlar uchun beriladi?

-Universitetni bitirgan oliy ma’lumotli insonlarga. Universitetni qaysi davlatda bitirgani ahamiyatsiz, diplomi Germaniyada tan olinsa bo’ldi. Diplomingiz tan olinish yoki olinmasligini anabin saytidan bilib olishingiz mumkin.

-Yana qanday talablari bor?

-Yillik brutto maoshingiz eng kamida 56800 € bo’lishi lozim. Agar siz matematik, informatik, ximik, fizik, ingener yoki vrach bo’lsangiz, 44304 € bilan ham moviy karta olishingiz mumkin. (Bu ma’lumotlar 2021-yilga tegishli, 2023-yil uchun miqdor o’zgargan)

-Moviy karta egalari nemis tilini bilishi shartmi?

-Yo’q, agar ish beruvchi faqat ingliz tilini bilishni talab qilsa, nemis tilini bilmasdan turib ham moviy karta olish mumkin.

-Moviy kartaning oddiy ishchi viza (Fachkraft) dan qanday avzal tomonlari bor?

1️⃣. Nemis tilini bilish talab qilinmaydi.

2️⃣. Agar turmush o’rtog’ini o’zi bilan birga olib kelmoqchi bo’lsa, turmush o’rtog’idan ham nemis tilini bilish talab qilinmaydi.

3️⃣. 33 oydan keyin doimiy yashash ruhsatnomasi (Niederlassungserlaubnis) olish mumkin. Agar nemis tilini B1 darajada bilsa, atiga 21 oydan keyin olsa ham bo’ladi.

Agar siz yuqoridagi talablarga javob bersangiz, unda moviy karta uchun ariza berishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi ishlarni amalga oshirishingiz kerak :

  1. Diplomingizni Anerkennung qildirasiz. Bunga 6 oygacha vaqt ketishi mumkin. (Jarayon qanday kechishi haqida keyinroq batafsil ma’lumot berib o’taman).
  2. O’sha diplom va ish topishingizga yordam beruvchi boshqa sertifikatlar(CV, Arbeitsbuch, fan olimpiadasi sertifikati va hkz) bilan Germaniyadan ish topasiz. (indeed, stepstone kabi saytlardan topish mumkin).
  3. Suhbatdan o’tasiz va ish uchun shartnoma olasiz.
  4. Shartnoma, diplom, passport, CV, sertifikatlar va Ariza bilan elchixonaga kirasiz. Viza olasiz. (Vrach sifatida ish boshlamoqchi bo’lganlar Berufserlaubnis olgan bo’lishi talab qilinadi)
  5. Germaniyaga kelasiz. Agar ish boshlaganizga hali 2 yil to’lmasidan turib, ish joyini almashtirmoqchi bo’lsangiz, unda Auslanderbehördedan ruhsat olishingiz kerak.

Post muallifi : Abu Umar

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen