Germaniyada work and travel (Ferienjob) qilish haqida ma’lumotlar 2-qism

#Ferienjob_haqida

Assalomu alaykum. Yoz kelishi yaqinlashgani sari Ferienjob haqidagi savollar yana ko’payib qolibdi. „Ish taklifi qachon kelarkin?“, „Kimgadir ish taklifi keldimi?“, „Haliyam hujjat topshirsa bo’larmikin?“ kabi savollar uchrab turibdi. Bugun shu savollarga qo’ldan kelgancha javob berib o’tmoqchiman.

-31.01.2022 gacha Bundesagentur für Arbeitga hujjatlarini yuborganlarga ish taklifi qachon keladi?

-Buni aniq sanasi yo’q. Mart oyidan boshlab may oyining oxirigacha kelishi mumkin. Germaniyadagi ish beruvchi o’zi xohlagan vaqtda Bundesagenturga „Bizga palon talablarga javob beradigan ishchilar kerak“ deydi, Bundesagentur ularning talablariga javob beradigan talabalarni tavsiya qiladi. Keyin ish beruvchi o’sha talabalarga aloqaga chiqadi. Qisqa qilib aytganda, mart oyida ish taklifi kelmasa ham, vahima qilishga hojat yo’q.

-Hujjat jo’natgan hammaga ish taklifi keladimi?

-Yo’q, Bundesagentur für Arbeit hammaga ish topib bermaydi. Ish taklifi umuman kelmasligi ham mumkin.

-Germaniyaga borish imkoniyatimni oshirish uchun nima qilsam bo’ladi?

-Agar siz Bundesagentur für Arbeitgagina suyanib qolishni xohlamasangiz, yoki 31-yanvargacha hujjatlarni yubormagan bo’lsangiz, u holda Germaniyadan ish beruvchi topishga o’zingiz harakat qilsangiz ham bo’ladi. Yoz fasligacha 3 oy vaqtingiz bor.

-Ferienjobga viza olish osonmi? Suhbat qanday kechadi?

-Coronani hisobga olmaganda, Germaniyadan ish taklifi olgan talabalar hech qanday muammosiz viza olishlari mumkin. Suhbat ham bo’lmaydi.

-Viza necha kunda chiqadi? Nemis tilini bilishim shartmi?

-Viza uzog’i 2 haftada qo’lingizda bo’ladi. Nemis tilini bilish shart emas, ish taklifi olgan bo’lsangiz yetarli.

-Ba’zilar „Firmalar bilan shartnoma qilmasa ish topolmas ekan yoki viza ololmas ekan“ deyishyabdi, bu qanchalik rost?

-Bu ba’zi kazzoblar yoki noinsof firmalar o’ylab topgan gap xalos. Amerikaga work and travelga borish uchun firma (Sponsor) bilan shartnoma imzolash majburiy. Germaniya uchun unaqa majburiyat yo’q.

-O’zim ish topa olamanmi?

-O’zingizga, harakatingizga, til bilish darajangizga bog’liq. Hech bo’lmasa 1 oy o’zingiz ish beruvchi qidirib ko’ring. Duo qilib so’rang.

-Ferienjob haqida endi eshitib turibman. Batafsil ma’lumotni qayerdan olsam bo’ladi?

-Mana bu yerdan.

Post Muallifi : Abu Umar

Telegramdagi @uzDeutschland kanali uchun maxsus!

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen