Germaniyada turmush qurgandan keyin soliq to’lashda qanday yengilliklar bo’ladi?

#Turmush_qurish_va_Soliqlar

Assalomu alaykum hammaga. Germaniyada ishlayotgan ko’pchilik aka-opalarimiz dastlab Germaniyaga o’zi kelib, ishga va kvartiraga joylashib olganidan keyingina turmush o’rtog’ini chaqirishadi.

Turmush o’rtog’ini Germaniyaga olib kelganlarga qanday moliyaviy yengilliklar bor? Uylanganlar kam soliq to’lashini ko’pchilik bilsa kerak. Bo’ydoqlarga nisbatan aynan qancha kamroq to’lashadi? Turmush o’rtog’ini Germaniyaga olib kelishdan oldin to’lagan soliqlarini qaytarib olsa bo’ladimi?

Bugun shular haqida ma’lumot bermoqchiman.

Vaziyat tushunarliroq bo’lishi uchun real misollar keltirsam :

1️⃣. Teshavoy aka 1-maydan boshlab Germaniyada vrach bo’lib ishlashni boshladi. Oyligi 5000€ brutto, ayoli O’zbekistonda. Har oyda taxminan 960€ soliq to’lamoqda. 2021-yil uchun 8 oyda 7680€ soliq to’ladi.

Teshavoy aka shularning qanchasini qaytarib olishi mumkin?

Endi Teshavoy aka ayolini Germaniyaga olib kelsa qancha soliq to’laydiyu, bo’ydoq holida qancha soliq to’lashini hisoblab chiqamiz.

a) Bo’ydoq Teshavoy aka qancha soliq to’lashi kerak? Teshavoy aka Steuererklärung orqalik qancha pul qaytarib olishi mumkin?

Deylik Teshavoy akamiz Berufserlaubnis, FSP-Prüfung, FSP-Kurs, Arbeitsmittel, Umzug, Fachbücher va hkz lar uchun 4000€ xarajat qildi.

Bu vaziyatda Teshavoy aka Steuererklärung qilish orqali 2809€ pulini qaytarib olishi mumkin bo’ladi.

b) Agar Teshavoy aka 2021-yilda ayolini O’zbekistonga olib kelganda yoki Germaniyada uylanganda qancha pulini qaytarib olar edi?

-Bu holatda Teshavoy aka 5834€ pulini qaytarib olishi mumkin bo’lar edi.
(Buning uchun Teshavoy akani ayoli 2021-yilning 31-dekabr kunigacha Germaniyada anmelden bo’lishi va oyiga 450€ dan kam pul topgan bo’lishi (yoki ishlamagan bo’lishi) kerak edi. Agar Teshavoy akani ayoli ham ishlaganda, Teshavoy aka kamroq pul qaytarib olar edi.)

-Nimaga Teshavoy aka ikkala holatda ham ko’p pul qaytarib olyabdi?

Buning sababi Teshavoy aka Germaniyada faqat 8 oy ishlagan. Shuning uchun yillik daromadi 12 oy ishlaganlarnikidan ancha kam. Arbeitgeber Teshavoy akadan Lohnsteuer olib qolayotganda, „Teshavoy bu oyda 5000€ topdi, u har oyda 5000€ topadi“ deb hisob kitob qiladi. Shu sababdan Teshavoy aka keragidan ortiq soliq to’lab yuborgan.

2️⃣. Agar Teshavoy aka to’liq 12 oy ishlaganda qancha pulini qaytarib olardi?

Agar har oyda 5000€ brutto olib, 960€ soliq to’lagan bo’lganida va yuqoridagi Berufserlaubnis, FSP va boshqa xarajatlarga 4000€ sarf qilganida, Teshavoy aka quyidagicha pullarni qaytarib olishi mumkin edi :

-Bo’ydoq holida : 1120€

-Ayolini Germaniyaga olib kelgan vaziyatda : 5408€

Ko’rib turganingizdek, Teshavoy aka har ikki vaziyatda pul qaytarib olmoqda.

-Yana savol tug’ilishi mumkin, Teshavoy aka uylangan bo’lsayu, ayoli O’zbekistonda qolsa, bu holatda ham Teshavoy akaga moliyaviy tomondan foyda bo’ladimi? Yoki Teshavoy aka bo’ydoqlardek soliq to’laydimi?

-Garchi ayoli O’zbekistonda qolgan bo’lsa ham, Teshavoy akani to’lashi kerak bo’lgan soliqlari kamayishi mumkin. Bu ko’p faktorlarga bog’liq. Bu haqida boshqa safar…

P.S. Kimning qancha pul qaytarib olishi, yil davomida qancha topganiga, qancha soliq to’laganiga, qancha xarajat qilganiga, bo’ydoq yoki uylangan ekanligiga, ayoli ishlagan/ishlamagan ekaniga, Lohnersatzleistunglar olgan olmaganiga bog’liq. Yuqoridagilar shunchaki 10 daqiqada qilingan sodda hisob-kitob xalos. Nima bo’lgan taqdirda ham, Steuererklärung qilish ko’p hollarda foyda beradi. Agar Teshavoy aka Berufserlaubnis, FSP-Prüfung, FSP-Kurs, Arbeitsmittel va boshqa xarajatlarga kamroq pul sarflagan bo’lganida, kamroq pul qaytarib olgan bo’lar edi.

Yuqoridagi holat, Teshavoy aka ayolini Germaniyaga olib kelgandan keyin Steuerklasse IV da qolgan holatida amal qiladi. Agar Steuerklasse III ga o’zgartirsa, oyma oy kamroq soliq to’lagani uchun, oxirida qaytib oladigan puli ham kamayadi.

Post Muallifi : Abu Umar

Telegramdagi @uzDeutschland kanali uchun maxsus!

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen