Ushbu post orqali Germaniyada yashayotgan inson qanday qilib Germaniya fuqaroligini olishi mumkinligi haqida bilib olishingiz mumkin,
#Germaniya_fuqaroligini_olish
Henley Global kompaniyasining 2023-yilgi ma’lumotlariga ko’ra Germaniya passporti dunyodagi eng yaxshi passportlar ro’yhatida ikkinchi o’rinda turibdi, sababi ushbu passport bilan siz dunyoning 190 dan ortiq davlatiga bemalol sayohat qilishingiz mumkin. AQSH, Kanada, Avstraliya kabi davlatlarga ham vizasiz, faqatgina samalyotga bilet olib ketvorsangiz bo’ladi.
Bugun sizlarga qanday qilib Germaniya fuqaroligini olish bo’yicha ma’lumot bermoqchiman. Xabaringiz bo’lsa kerak, Germaniyaning yangi hukumati fuqarolik qonunlariga (Staatsangehörigkeitsgesetz) o’zgartirish kiritishni reja qilmoqda, ya’ni kelajakda nemis passportiga ega bo’lish yanada osonlashishi kutilmoqda.
Ushbu postda hozirgi qonun qoidalar va kelajakda kutilayotgan o’zgarishlarni bir biriga taqqoslagan tarzda yozib o’tmoqchiman.
Germaniya fuqaroligini olish uchun quyidagi talablarga javob berishingiz kerak bo’ladi:
1️⃣. Germaniyada ko’p muddatdan beri yashayotgan bo’lishingiz.
Amaldagi qoidalarga ko’ra Germaniyada 8 yildan beri yashayotgan inson nemis passport olish uchun ariza topshirishi mumkin. Agar siz Integrationskursga muvaffaqqiyatli qatnashgan bo’lsangiz, u holda 7 yil yashagandan keyin ham ariza topshirishingiz mumkin. Agar siz nemis tilini yaxshi bilgan, Germaniyada o’qigan yoki boshqa kasbiy yutuqlarga erishgan bo’lsangiz, atiga 6 yil yashagan bo’lsangiz kifoya qiladi.
Yangi, hali tasdiqlanmagan qoidalarda esa atiga 5 yildan keyin ham Germaniya fuqaroligini olish mumkin bo’lishi reja qilingan. Agar sizda nemis tilidan C1 daraja bo’lsa, Germaniyada o’qigan yoki Ausbildung qilgan bo’lsangiz va davlatdan yordam puli olmasdan yashayotgan bo’lsangiz, atiga 3 yildan keyin ham nemis fuqaroligiga ariza topshirishingiz mumkin bo’ladi.
2️⃣. Oldingi fuqaroligidan voz kechish.
Amaldagi qoidalarga ko’ra Germaniya passportini olmoqchi bo’lgan inson oldingi davlati fuqaroligidan voz kechishi kerak. Faqat ba’zi istisno holatlarda oldingi fuqarolikni saqlab qolgan holda nemis passportini olish mumkin. Misol uchun, siz fuqarolikdan chiqish uchun konsullikka to’liq hujjatlar bilan ariza topshirdingiz, konsullik 2 yilda ham sizni fuqarolikdan chiqarmadi. Yoki fuqarolikdan chiqish uchun sizdan bir oylik maoishingizdan ko’p pul talab qilindi (eng kami 1278€, hujjatlar yoki konsullik badali uchun). Ana shunday holatlarda hozirgi qoidalar bo’yicha ham eski davlat fuqaroligini saqlagan holda, nemis fuqaroligini olish mumkin.
Yangi qoidalarda esa Germaniya fuqaroligini olish uchun oldingi fuqarolikdan voz kechish talab etilmasligi ko’zda tutilgan. Endilikda oldingi davlat fuqaroligini saqlab qolgan holda, nemis passportini olish mumkin bo’ladi.
3️⃣. O’z o’zini va oilasini moliyaviy taminlay olish.
Hozirgi qoidalarga ko’ra, davlatdan yordam puli (Bürgergeld) olib yashaydiganlar Germaniya fuqaroligini ololmaydi. Faqat ba’zi holatlarda istisno qilinishi mumkin. (Nogironlik, xronik kasallik va hkz)
Yangi taklifga ko’ra, bu qoidaga ham biroz yengillik berilmoqda. Agar siz to’liq stavkada (vollzeit) ishlagan holda ham oilani ta’minlay olmasangiz, u holda siz yoki ayoliz olayotgan yordam pullari nemis fuqaroligini olishga to’sqinlik qilmaydi.
4️⃣. Nemis tilini bilish.
Amaldagi qoidalarga ko’ra nemis passportini qo’lga kiritish uchun sizdan nemis tilini eng kami B1 darajada bilish talab qilinadi. Yangi qoidalarga ham bu qoida saqlanib qolinishi ko’zda tutilmoqda.
5️⃣. Germaniyada yashayotgan viza turi.
Siz fuqarolikka hujjat topshirish uchun Germaniyada Niederlassungserlaubnis bilan yoki ishchi viza (Blaue karte, Fachkraft) bilan yashayotgan bo’lishingiz kerak. Ya’ni student viza, Ausbildung viza, til kursi va shunga o’xshash vizalar bilan yashayotgan inson nemis fuqaroligini ololmaydi.
6️⃣. Jinoyat qilmagan bo’lishi, Einbürgerungstestdan o’tishi (juda oson test) va Germaniyadagi qonun qoidalarga amal qilishga rozi bo’lishi. Buni tushuntirib o’tirishga hojat yo’q menimcha.
Agar siz yuqoridagi talablarga javob beradigan bo’lsangiz, bemalol Germaniya fuqaroligini olish uchun ariza topshirsangiz bo’ladi. Ariza narxi atiga 255€.
-Shu o’rinda savol tug’iladi, agar O’zbekiston fuqarosi fuqarolikdan voz kechmagan holda Germaniya fuqaroligini olsa unga O’zbekistonda muammo bo’ladimi? U jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkinmi?
-Aynan shu savolga O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Dilshodbek Murodbekov bergan javobning videosini va undan so’ng kun uzga bergan qo’shimcha ma’lumotlarini kanalga joylab qo’ymoqdaman.
E’tiboringiz uchun tashakkur.
Post Muallifi : Abu Umar
Muallifni va sayt xarajatlarini (Hosting, Domain) qo’llab quvvatlash : https://tirikchilik.uz/uzdeutschland
Telegramdagi @uzDeutschland kanali uchun maxsus!