Magistratura o’qish uchun DAAD stipendiyasini yutib olgan hamyurtimiz bilan suhbat (audio)

DAAD stipendianti Behzod Hamdamov bilan stipendiya mavzusidagi suhbatiminzning audiosini quyida tinglashingiz mumkin!

-Hali bakalavrni tugatmasdan turib Germaniyada magistratura o’qish uchun Stipendiya yutib olsa bo’ladimi?

-Magistratura uchun DAAD tashkilotining stipendiyasi qaysi yo’nalishlarda o’qiyotganlarga beriladi?

-Bakalavrni tamomlaganiga 5-10 yil bo’lganlar ham stipendiya yutib olishi mumkinmi?

Oilalik talabalarga qanday qo’shimcha imkoniyat va yengilliklar bor?

-Stipendiyaning talablari, bosqichlari va shartlari qanday?

-Stipendiya yutib olish uchun imkoniyatlar qanday? Nechta odam hujjat topshiradi? Va nechta odam g’olib bo’ladi?

-O’zbekistondagi barcha universitet, xususan yangi ochilgan xususiy universitetlar (akfa, Qo’qon, sharja va hkz) talabalari ham stipendiyaga hujjat topshirishi mumkinmi?

-Stipendiyaga qanday hujjatlar topshirish kerak? Qaysi muddatgacha?

-Faqat ingliz tili bilan ham Germaniyaga stipendiya yutib olish mumkinmi?

-Bakalavrda o’qimoqchi bo’lganlar uchun qanday Stipendiya dasturlari bor?

-Nemis tilini o’rganishning effektiv usullari qaysilar? TestDaf imtihonidan yuqori ball olish uchun nimalar qilish kerak?

Shu va shu kabi ko’plab savollarning javobini bugun Toshkent vaqti bilan bugun soat 20:30 da boshlanadigan online konferensiyamiz orqali bilib oling. Dastur mehmoni DAAD stipendiyasi sovrindori, hozirda Dortmund Texnika universiteti talabasi Behzod Hamdamov.

Boshidan boshlab yozib olish yodimdan ko’tarilibdi, ‚‚Hozirgi pandemiya davrida Germaniyada o’qishda qanday qiyinchiliklar bor?“ savolidan boshlab yozib oldim.

Konferensiyamizning mehmoni Behzod aka TestDaF imtihonidan umumiy 19 ball olgan. Eng yuqori ball esa 20. IELTS dan 8,5 olgandek gap bu)

TestDaF imtihoniga tayorlanmoqchi bo’lganlar uchun Behzod aka shaxsan o’zlari yuritadigan @testdaf_training guruhini kuzatishni maslahat beraman. Kanalda ko’plab foydali materiallar va ma’lumotlar berib boriladi.

@StudiuminDeutschlandfuerUZ bu kanalni esa DAADning Oʻzbekiston uchun masʼul lektorlari yuritadi. Iyul-Avgust oylarida DAAD stipendiyalari, hujjat tayyorlash va boshqa foydali mavzularda seminarlar oʻtkazishadi. HSK uchun OnDaF testini ham shular tashkillashtiradi. Bundan tashqari boshqa tashkilotlarni Oʻzbekiston uchun grand dasturlari va shunga oʻxshash foydali ma’lumotlarni kanalga qoʻyib borishadi.

Behzod aka konfereniya davomida aytib o’tganidek, Germaniyada qaysi bosqichda va qaysi yo’nalishda o’qimoqchi ekanligingizdan qat’iy nazar yo’nalishingiz va universitet haqida yetarlicha ma’lumotlarni bilib oling. Qanday fanlar o’qitiladi, bir semesterda nechta fanni yopish kerak, qancha Kreditpunkt yig’ish kerak, hammasini oldindan bilib, keyin o’qish tanleng.

Ushbu saytda esa o’zingizga eng muhim kriteriyalarni belgilash orqali sizga eng ko’p ma’qul keladigan universitetni topishingiz mumkin. (Sayt nemis tilida, ingliz tilidagi versiyasi esa bu yerda)

Keyingi konferensiyada qaysi mavzu va qaysi soha vakillari bilan suhbat olib borilishini xohlaysiz. Kommentda yozib qoldiring.

Audio :

Savollar muallifi : Abu Umar

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen