Assalomu alaykum. Hozirgi karantin vaqtida ko’pchilik ishxonalar, o’quv joylari yopilgan. Ko’pchilik vaqtini uyida o’y hayollari bilan yolg’iz qolgan holda o’tkazmoqda. Germaniyadagi o’zbeklarning ko’pchiligi turmush qurush arafasidagi yoshlar ekanligini hisobga olgan holda, bugungi postda ularga Germaniyada farzand ko’rish arafasidagi yosh oilalar bilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar haqida yozmoqchiman. Farzand uchun tug’ilganlik guvohnomasi olish, ishxonadan otalik (Vaterschaft), onalik (Mutterschaft) (ikkalasi birgalikda Elternzeit deb ataladi) ta’tillarini olish, Elterngeld , Kindergeld haqidagi ma’lumotlar siz uchun qiziq bo’lsa, postni albatta oxirigacha o’qing.
Demak, Schwangerschaftstest (xomiladorlik testi) ijobiy chiqqanidan so’ng, birinchi qilinadigan ish bu – Frauenärztinga borish. O’zi aslida Germaniyada qiz-ayollar har yili 2 marta Frauenärztinga borib turishi tavsiya e’tiladi ammo siz shu paytgacha Frauenärztinga bormagan bo’lsangiz, googledan o’zingizga yaqin joydan Frauenärztin topishingiz va u bilan termin belgilashingiz kerak. Termin davomida Frauenärztin xomiladorlikni tasdiqlaydi, qoningizdan namuna olib, uni tekshiradi va bundan buyog’iga qanday qoidalarga amal qilishingiz kerakligini tushuntiradi. Undan tashqari, ushbu Frauenärztin sizga Mutterpass (onalik pasporti) beradi hamda ushbu hujjatga xomiladorlik davomida o’tkazilgan test natijalari va boshqa muhim tibbiy ma’lumotlarni yozib boradi. Ushbu Mutterpassni doimo yoningizda olib yurishingiz lozim. Frauenarzt bilan birgalikda bola tug’ilguncha bo’lgan jarayonni rejalashtirasizlar, sizga Ultraschall(ultratovush) o’tkazish va boshqa tibbiy tekshiruvlar uchun terminlar belgilanadi. Xomiladorlik davomida 3 ta Ultraschalluntersuchungen bepul, agar qo’shimcha tekshiruvdan o’tmoqchi bo’lsangiz, krankenkasse emas, o’zingiz pul to’lashingiz zarur. Qolgan barcha tibbiy tekshiruvlar (Röteln, Hepatitis B, HIV oder Schwangerschaftsdiabetes) siz uchun bepul. Oradan bir necha oy o’tgach Frauenarzt sizga Hebamme hamda Geburtsvorbereitungskurslarni tavsiya etadi. (Agar tavsiya etmasa o’zingiz topishingiz lozim). Hebamme bu ayollarga xomiladorlik davomida, tug’ish vaqtida hamda tug’ruqdan keyin yordam beradigan shaxs. Hebamme ham turli testlarni o’tkazib (Gewicht, Blutdruck, Blut- und Urinwerte, Lage, Wachstum, Größe des ungeborenen Kindes, Herztöne), sizning va farzandingizni holatini doimiy ravishda kuzatib boradi. Savollaringizga javob berib, qo’rquvingizni yengishga yordam ham beradi. Ammo Hebamme Ultaschall tekshiruvini o’tkiza olmaydi. Germaniyada tug’ruq vaqtida Hebamme yoningizda bo’lishi shart. Ammo qolgan holatda Hebammeni maslahat va yordami kerak bo’lmasa, unga murojaat etishga majbur emassiz. Odatda tug’riqdan keyin Hebamme 10 kun davomida har kuni uyingizga kelib, sizni va farzandingizni ahvolidan xabar olib, kerakli maslahatlarni beradi. 10 kundan so’ng yana 6 hafta ichida 16 marta (3 kunda 1 marotaba ) uyingizga kelib, yordam berishi mumkin. Ushbu Hebammening yuqorida ta’kidlangan xizmatlari uchun pulni Krankenkasse to’laydi, agar qo’shimcha xizmatlardan foydalanmoqchi bo’lsangiz, u holda o’zingiz to’lashingiz zarur. (Aytgancha, Hebamme ham xomiladorlikni tasdiqlab, Mutterpass berishi mumkin).
Birinchi marta farzand kutayotgan ayollar uchun xomiladorlik vaqtida qo’rquv bo’lishi tabiiy. Shu qo’rquvni yengish uchun Hebamme va Frauenärztindan tashqari Geburtsvorbereitungskurs taklif etiladi. U kurs davomida siz xomiladorlik davrida yuzaga keladigan tabiiy jarayonlar, to’g’ri ovqatlanish, tug’ruq qanday kechishi va nimalarga e’tibor berish lozimligi haqidegi ko’p va ho’p ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Geburtsvorbereitungskursni internetdan topishingiz yoki o’zingizni Hebammeyingizdan so’rab ko’rsangiz ham bo’ladi, u ham Geburtsvorbereitungskurs o’tib berishi mumkin. Geburtsvorbereitungskurs uchun pulni ham Krankenkasse o’z bo’yniga oladi. (Ba’zi krankenkasselar bo’lajak otalar uchun Geburtsvorbereitungskursga ham pul to’laydi).
Endi, bevosita tug’ruq haqida to’xtalib o’tsak. Germaniyada farzandingizni qayerda tug’ishni o’zingiz hal qilasiz. Sizda 3 ta tanlov bor.
1.)Klinikada.
2) Geburtshausda (Bu Hebammelar tomonidan yurgiziladigon kichkina praxis).
3) Uyda
Ko’pchilik ayollar klinikani afzal ko’rishadi chunki klinika eng xavfsiz variant. Klinikaga 1-2 oy oldin anmelden qilib qo’yish mumkin, Frauenärztindan überweisung olib, klinikaga Mutterpass bilan borasiz, ular sizga turli formulalar berib, tekshiruv uchun termin belgilaydi. Borib anmelden qilishingiz majburiy emas, lekin siz uchun ham klinika hodimlari uchun ham tug’ruq vaqtida biron nojo’ya hodisa sodir bo’lmasligi uchun 1-2 oy oldin anmelden qilish tavsiya qilinadi. Tug’ruqdan so’ng holatga qarab 2-3 kunda uyga ruhsat beriladi. Klinika xarajatlari ham to’liqligicha krankenkasse tomonidan to’lanadi, suyunchi puli berish ham shart emas). Yuqorida aytib o’tganimdek, birinchi 10 kunlikda Hebamme uyingizga tashrif buyurib, sizga kerakli barcha yordamni beradi.
O’ylashimcha, farzand ko’rish jarayoni uchun kerakli bo’lgan tibbiy ma’lumotlar yetarli bo’ldi. Endi moliyaviy tomoni haqida gaplashsak. Yangi ota va ona birinchi farzandi bilan ko’p vaqt o’tkazishni xoxlashi tabiiy, ammo kvartira, kommunal to’lovlar va oziq-ovqat uchun pul topish kerak, buning uchun esa ishlash kerak. Lekin o’zbek mediyasi tomonidan doimo “chirigan“ deb aytib kelinadigon shu g’arbda ota-ona farzandi bilan ko’proq vaqt o’tkazishi uchun yetarlicha qulayliklar yaratib berilgan.
Birinchidan, ELTERNZEIT. Elternzeit bu yangi farzand ko’rgan oila uchun beriladigon vaqt, ushbu vaqt davomida yangi mehmon bilan vaqtingizni o’tkazib, uni parvarish qilasiz. Elternzeit 3 yilgacha beriladi hamda 3 qismga bo’lib bo’lib olish mumkin. Misol uchun, bola 3 yoshga kirguncha 12 oy, 4 yoshidan boshlab yana 12 oy, 6-7 yoshida yana 12 oy, yoki bira to’la 3 yil olishingiz mumkin. Elternzeit davomida Vollzeit ishlay olmaysiz va Arbeitgeber sizga pul to’lamaydi. Ammo davlatdan Elterngeld olishingiz mumkin. Undan tashqari 30 soatgacha teilzeit ishlab, qo’shimcha pul topishingiz ham mumkin. Agar vollzeit ishlasangiz, davlatdan Elterngeld ololmaysiz. Elternzeitdan asosiy maqsad, Ota va ona ish joyini yo’qotmasdan, ta’tilga chiqishi. Elternzeit tugaganidan so’ng bemalol o’zingizning eski ishingizga qaytishingiz mumkin, ish beruvchi sizni haydab yubora olmidi. Germaniyada ko’p holatda ona 1 yil, ota esa 2 oy Elternzeit oladi.
Ikkinchidan, ELTERNGELD. Elternzeit olgan ota va onaga ish beruvchi pul to’lamaydi, shu vaziyatda davlat yordamga keladi. Davlat ota va onaga 14 oy davomida Elterngeld to’lab beradi (ikkalasi uchun 14 oy, ya’ni 12 oy onaga 2 oy otaga,yoki 7 oydan ikkalasiga, bittasiga 8 oy, bittasiga 6 oy, shunga o’xshash), miqdori netto oyligingizning 65% atrofida, hamda minimum 300€ maksimum 1800€.(Basiselterngeld) Agar oyligingiz kam bo’lsa, 100% miqdorida Elterngeld olishingiz mumkin. Basiselterngeldni o’rniga ElterngeldPlus olsangiz ham bo’ladi, ya’ni 14 oyni o’rniga 28 oy davomida pul olasiz. Ammo Elterngeld Plus da oladigon pulingiz Basiselterngeld vaqtida oladigon pulingizning 50% ini tashkil qiladi.
Uchinchidan, KINDERGELD. Elterngelddan tashqari, davlar farzandingiz 18 yoshga to’lgunicha Kindergeld ham to’laydi. Uning miqdori belgilangan bo’lib, 2020-yil uchun har oyda 204€ miqdorida (2023-yil uchun 250€). Uni olish uchun arizani ushbu sahifada online to’ldirib, Familienkassega jo’natish lozim
Yana bir qiziq savol, Germaniyada tug’ilgan bola nemis fuqarosi hisoblanadimi?
Ha, agar ota yoki onasidan biri Germaniyada eng kami 8 yildan beri yashayotgan bo’lsa.(Yoki nemis fuqarosi bo’lsa). Agar ota-ona Yevroittifoq tashqarisidan kelgan bo’lsa hamda hali Germaniyada 8 yil yashamagan bo’lsa, bola nemis fuqaroligini ololmaydi.
Bola tug’ilganidan so’ng, Standesamtga Reisepass, Heiratsurkunde(nikoh guvohnomasi, tarjima va beglaubigte kopie) hamda Geburtsbescheinigung (klinikada beriladi) olib borib, Geburtsurkunde(ya’ni tug’ilganlik haqidagi guvohnoma) olish kerak. Keyin shu Geburtsurkunde yordamida Frankfurtdagi yoki Berlindagi konsullikdan bola uchun Passport olish mumkin. Buning uchun esa siz konsullik ro’yhatida bo’lishingiz darkor.
Muallifni va sayt xarajatlarini (Hosting, Domain) qo’llab quvvatlash : https://tirikchilik.uz/uzdeutschland
Post Muallifi : Abu Umar
Assalomu alaykum oka judayam foydali ma’lumot ekan. Rahmat kottakon.