#Germaniyada_stomotologiyada_ishlash
Assalomu alaykum hurmatli guruhdoshlar. Xabaringiz bor, guruhda sizlarga foydali va qiziqarli ma’lumotlar berish uchun turli mavzularda konferensiyalar tashkillashtirib turamiz.
Guruhimizda Stomatologlar ham ko’payib qolibdi, o’tgan safargi Germaniyada tibbiyot sohasida o’qish haqidagi konferensiyamizda ham „Stomatologlar uchun ham konferensiya tashkillashtiringlar“ degan takliflar berildi. Shuni inobatga olgan holda, kelgusi konferensiyamizni Toshkent davlat Stomatologiya Institutini bitirib, hozirda Germaniyaning Aachen shahrida Stomatologiya sohasida ishlayotgan yurtdoshimiz Bobur Kenjayev bilan o’tkazishga qaror qildik.
Konferensiya davomida quyidagi mavzular bo’yicha suhbat olib boramiz :
-O’zbekistonda Stomatologiya Institutini tamomlab, Germaniyada Stomatolog bo’lib ishlash uchun nimalar talab qilinadi? Nemis tilini qay darajada bilish kerak?
-Germaniyada Stomatologiyaning Oralchirurgie, Kieferchirurgie, Implantologie va boshqa ko’plab yo’nalishlari bo’yicha ma’lumotlar
-Germaniya va O’zbekistondagi Stomatologiya sohasi o’rtasidagi farqlar
-Germaniyada stomatologlar qanday miqdorda maosh olishadi? Ularga yaratib berilgan shart sharoitlar qanday?
-Hozirda Stomatologiya sohasida o’qiyotgan talabalarga tavsiya va maslahatlar
Shu va shu kabi mavzularda ma’lumot berishga harakat qilganmiz.
Konferensiyani quyidagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin!