Quyida guruhda ingliz tili bilan bog’liq tez-tez beriladigan savollar va ularning javoblari :
- Savol : IELTS bilan Germaniyada bakalavr o’qish mumkinmi? Javob : Mumkin. Ammo buning uchun ingliz tilidan boshqa talablarni ham bajarish kerak.
A) Agar O’zbekistonda litseyni bitirgan bo’lsangiz, 1 yil O’zbekistonda yoki boshqa davlatda bakalavr o’qib, keyin Germaniyada ingliz tilida bakalavr boshlashiz mumkin.
B) Agar O’zbekistonda kollejni tamomlagan bo’lsangiz, O’zbekistonda yoki boshqa davlatda 2 yil o’qib, keyin Germaniyada 1-kursdan ingliz tilida bakalavr o’qishingiz mumkin.
C) Tibbiyot va huquq kabi yo’nalishlarda ingliz tilida o’qiy olmaysiz.
D) Nechchi IELTS kerakligi universitet va yo’nalishga qarab, xar xil. O’rtacha
E) Germaniyada ingliz tilidagi bakalavr judayam kam, ya’ni siz o’qimoqchi bo’lgan soha ingliz tilida bo’lmasligi mumkin. Nemis tilini bilsangiz, sizda 1000 ta tanlov bo’lsa, ingliz tilida 10 tadan kam. Ya’ni faqat bir nechta universitet ingliz tilida bakalavr darajasini o’qitadi xalos. - Savol : Studienkollegda ingliz tilida o’qish imkoniyati bormi? Javob : Yo’q, mumkin emas. Nemis tilini kamida B1 darajada bilishingiz kerak.
- Savol : Germaniyada magistraturani ingliz tilida o’qish mumkinmi? Javob : Albatta, bakalavrdan farqli o’laroq, magistraturada ingliz tilida o’qitiladigon yo’nalishlar yetarlicha. Sizdan 6-7 darajadagi IELTS va bakalavr diplomi talab etiladi xalos. O’qish uchun kontrakt to’lashingiz shart emas.
- Savol : Magistraturani ingliz tilida o’qish uchun nechchi IELTS talab etiladi? Javob : Universitet va yo’nalishga qarab xar xil, 6-7 atrofida.
- Savol : Bakalavrni ingliz tilida o’qigan bo’lsam ham IELTS kerakmi? Javob : Qayerda o’qiganingizga bog’liq. Turin, Wiut, Mdist kabi xorijiy universitet filialida o’qiganlarga IELTS shart emas.
- Savol : FSJ, Au Pair, BFD, Ausbildung kabi dasturlarga ingliz tili bilan ketsa ham bo’ladimi? Javob : yo’q, ushbu dasturlarga borish uchun nemis tilini bilish shart.
- Faqat ingliz tilini bilib turib, Germaniyaga ishlagani borsa bo’ladimi? Javob : ha bo’ladi, buning uchun moviy karta olishingiz kerak. Uning talablari bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.
- Germaniyada ishlamoqchi bo’lgan doktorlar uchun ingliz tilini bilish kifoya qiladimi? Javob : yo’q, eng kamida B2 darajada nemis tili bilimlari talab qilinadi.
Post Muallifi : Abu Umar