Germaniyada kvartira topish haqida ma’lumotlar

Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar. Germaniyaga yangi kelgan talabalar shaxsiy xabardan “ Germaniyaga yaqinda kelgandim, qanday ish, kvartira topsam bo’ladi, kelgandan keyin nimalar qilishim kerak, o’zimni o’zim ta’minlasam bo’ladimi “ kabi savollarni so’rab turishadi. Bugun Germaniyada kvartira, ish topish, yangi kelganlar nimalar qilishi kerakligi va talaba bir oyda necha pul topishi mumkinligi haqida ma’lumot bermoqchiman.

Demak, Germaniyaga talabalik vizasini oldingiz. Eng avvalo turar joy masalasini hal qilish kerak. Ko’plab universitetlar xalqaro talabalar uchun turar joyni hal qilib beradi. Birinchi ular bilan bog’lanib ko’ring. Agar universitet sizni turar joy bilan ta’minlab bermasa, unda quyidagi yo’llar orqali kvartira topishga harakat qilib ko’rishingiz mumkin :

  1. Germaniyada yashayotgan o’zbeklardan so’rab ko’ring. Facebookdagi va telegramdagi guruhda ko’plab Germaniyadagi o’zbekistonliklar bor.
  2. Wg-gesucht.de, immobilien.de, immonet.de, wgsuche.de, immobilienscout.de kabi saytlar orqali qidiring. Kvartira egasi siz ijara haqini vaqtida muammosiz to’lay olishizga ishonishi darkor. Shuning uchun ular bilan bog’langanda, kvartirani qaysi mablag‘ hisobidan to’lamoqchiligingizni aytish maqsadga muvofiq. (Bankkontoda shuncha pulim bor, Stipendiya olaman…)
  3. Ebay kleinanzeigen nomdagi dastur(play market yoki appstoredan yuklab olish mumkin) orqali ham ko’plab ijaraga berilayotgan uylar haqida e’lonlar topish mumkin. Uni ham bir qator qarab chiqing.
  4. Facebookda “Wohnung in <shahar nomi>‘‚ kabi guruhlar bor. O’sha yerni ham kuzatishingiz, kvartira so’rab post qo’yishingiz mumkin. Masalan, “Wohnungen in Köln“, ‚‚Wohnungen in Berlin“ va hkz.
  5. Agar Germaniyaga kelguningizcha turar joy topa olmasangiz, unda arzonroq hostelda yashab tursangiz bo’ladi. Misol uchun, a&o hostelida kuniga 12-30€ to’lab yashash mumkin.

    Germaniyaga kelib, kvartiraga joylashganingizdan so’ng, birinchi navbatda kvartirani Bürgerbüroda anmelden (propiska) qilishingiz kerak. Buning uchun, kvartirani egasidan Bestätigung olasiz (nimaligini o’zi biladi, shunchaki anmelden qilmoqchiman deng). Uni va pasportni olib sizga eng yaqin hududda joylashgan Bürgerbüroga borasiz(google mapdan topasiz buni). U yerda sizni anmelden qilib, anmeldebestätigung beradi. Bu hujjat siz uchun muhim, chunki bankdan hisob raqam ochayotganda, tibbiy sug’urtadan hujjatlar va kartani olayotganda kerak bo’ladi. Qoida bo’yicha Germaniyaga kelgandan so’ng 14 kun ichida anmelden qilish kerak. Ammo buning uchun Bürgerbürodan termin olish yoki kvartira topish qiyinligi uchun 14 kundan ortib ketsa ham odatda muammo bo’lmaydi.

    Siz kvartirani anmelden qilganingizdan so’ng, Auslandebehörde(chet elliklar bilan ishlovchi idora) siz bilan aloqaga chiqadi. (yoki o’zingiz ular bilan). Sizga elchixonada odatda 3 oylik viza beriladi. Shuni 2 yillik id kartaga o’zgartirish uchun Auslandebehördega borish kerak. Ba’zi Auslandebehördega oldindan termin olish kerak, ba’zilariga shundoq terminsiz borish mumkin. Buni telefonda oldindan hal qilib oling. Id karta olmaguncha Germaniyada qonuniy ishlay olmaysiz, shuning uchun anmeldendan keyinla Auslandebehörde bilan bog’laning. Yana bir muhim eslatma, ba’zi bir Auslandebehördelarda termin 5-6 oygacha cho’zilishi mumkin. Shuning uchun tezroq ishlamoqchi bo’lsangiz, ulardan Fiktionsbescheinigung olishiz kerak. Bu 13€ turadi. Auslandebehördega pasport, 3,5×4,5 rasm, ariza blankasi (saytida bo’ladi), sperkonto yoki verpflichtungserklärung, o’qishdan hujjat, anmeldebestätigungni olib borishingiz lozim.

    Kvartiraga joylashib, o’qishlarni boshlab oldingizmi? Endi oz-moz pul ishlab olmoqchimisiz? Germaniyada qanday qilib ish topish, talabalar uchun qaysi ishlar ma’qulroq ekanligi, o’rtacha qancha pul ishlash mumkinligini bilmoqchi bo’lsangiz, kanalni kuzatishda davom eting.

    Post muallifi : Abu Umar

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen