Germaniyada qanday soliqlar to’lanadi? Oylikning qancha qismi ushlab qolinadi?

Assalomu alaykum ahli guruh. Germaniyada ishlayotgan va ishlamoqchi bo’lgan yurtdoshlarimiz soni ko’payib borayotganligi uchun,bugun nemislarning soliq tizimi haqida ma’lumot bermoqchiman.

Kim qancha soliq to’lashi kerak? To’langan soliqlar nima maqsadda ishlatiladi? Qanday qilib, to’langan soliqlarning bir qismini qaytarib olish mumkin? shu kabi savollar sizni qiziqtirsa, unda postni yaxshilab o’qib chiqing. (Postda ishlab topgan maoshingizdan ushlab qolinadigon soliqlar haqida yoziladi, bulardan tashqari ham soliq turlari bor, masalan QQS ( Mwst),Körperschaftsteuer va hkz).

‚Nima uchun men soliqlar haqida bilishim kerak“ degan savol sizni o’ylantirgan bo’lishi mumkin. Masalan, yangi ish topdingiz,sizga 3️⃣0️⃣0️⃣0️⃣ € maosh taklif qilishdi, rozi bo’ldingiz, 1 oy ishlagandan keyin, hisob raqamingizga bor yo’g’i 1️⃣9️⃣0️⃣0️⃣ € tushdi. Shu postni o’qib chiqsangiz, o’sha 1100 € pulingiz qayoqqa ketganini bilib olishingiz mumkin. Keyin,shartnomaga qo’l qo’yayotganda extiyotkorroq bo’lasiz)

Topayotgan maoshingizdan hukumatga to’lashingiz kerak bo’lgan mablag’lar 2 ga bo’linadi : soliqlar (Steuern) va ijtimoiy sug’urta uchun to’lovlar (Sozialabgaben).

Maoshingizdan odatda 2 xil soliq undiriladi :
1️⃣. Daromad solig’i (Lohnsteuer) Germaniyada daromad topayotganingiz uchun to’lashingiz kerak bo’lgan ushbu soliq miqdori, topayotgan maoshingizning miqdoriga bog’liq.
A)Turmush qurmaganlar. Agar siz bir oyda 1051€ dan kamroq topsangiz(brutto),hech qanday soliq to’lamaysiz. (Shuning uchun Ausbildung qilayotganlarni ko’pchiligi soliq to’lamaydi). Germaniyada topadigon maoshingizning soliqqa tortilmaydigan qismi bo’lib, u Grundfreibetrag deb ataladi, ya’ni soliqlarni hisoblashdan oldin, oyligingizning ushbu qismi chiqarib tashlanadi. 2019-yil holatiga ushbu summa bir yilga 9168€ ni(bir oyda 764€) ni tashkil qiladi. Agar yiliga 9169€ va 14254€ oralig’ida topsangiz, 14%-24% daromad solig’i to’laysiz. Agar yiliga 14255€ va 55960€ oralig’ida topsangiz, 24-42% daromad solig’i to’laysiz.

B) Turmush qurganlar. Oyiga 1952€ soliqsiz topishingiz mumkin, 18.336 € – 28.508 € maosh uchun 14-24% soliq, 27.993 € – 111.920 € maosh uchun 24-42% soliq to’laysiz.

2️⃣. SSSR dan qolgan GDR bundeslandlariga yordam uchun to’lanadigan birdamlik solig’i (Solidaritätszuschlag ). Ushbu birdamlik solig’i daromad solig’ingizning 5,5% qismini tashkil qiladi. Agar daromad solig’ingiz 81€ dan kam bo’lsa, Solidaritätszuschlag to’lashingiz shart emas. Agar xristian bo’lsangiz,qo’shimcha ravishda cherkov solig’i ham olinadi.

Soliqlardan tashqari oyligingizdan turli ijtimoiy sug’urta badallari ham ushlab qolinadi. Ular quyidagilar :

1️⃣. Pensiya uchun. (Rentenversicherung). Bu mablag‘ kelajakda pensiya olishingiz uchun to’lanadi va oylik maoshingizning 9,3% qismini tashkil etadi. Agar Germaniyada qolishni xoxlamasangiz ,O’zbekistonga qaytgandan keyin shu vaqtgacha pensiya uchun to’lagan pullaringizni qaytarib olishingiz mumkin.

2️⃣. Ishsizlik sug’urtasi (Arbeitslosenversicherung). Bu mablag’ni ishsiz qolganizda hukumatdan yordam pulini olish uchun to’laysiz va oylik maoshingizning 2,6% izini tashkil qiladi. (Ishsiz qolganizda davlatdan arbeitslosengeld olish uchun kamida 1 yil Arbeitslosenversicherung ni to’lagan bo’lishiz lozim).

3️⃣. Sog’lik sug’urtasi (Krankenversicherung). Oyligingizning 7,3% qismini tashkil qiladigon ushbu sug’urta pulini bemor bo’lgan vaqtingizda malakali tibbiy xizmatdan foydalanish uchun to’laysiz. Kasal bo’lgan paytingizda endi operatsiyaga yoki doriga pulni qayerdan topaman deb o’ylanib yurmisiz, hammasini shu Krankenversicherung to’laydi.

4️⃣. G’amxo’rlik sug’urtasi (Pflegeversicherung). Bu mablag’ni (maoshingizning 1,525%i) kelajakda tanangizni erkin xarakatlantira olmagan,nogiron bo’lgan, kimnidir yordamisiz oddiy ishlarni ham qila olmagan taqdiringizda Krankenkassedan yordam puli yoki yordamchi hodim olish uchun to’laysiz. U hodim sizga xojatxonaga borish, kiyim almashtirish kabi ishlarda ham yordam beradi.

Soliq to’lashda ham talabalarga turli imtiyozlar berilgan. Talabalar Krankenversicherung va Pflegeversicherung uchun maoshidan to’lov qillishi shart emas. Soliqlardan tashqari Rentenversicherungni to’lab borsa yetadi. Misol uchun, 2000€ brutto topadigon oddiy ishchi 1400€ netto olsa, talaba 2000€ topganida 1600€ atrofida netto oladi. Buning uchun haftasiga 20 soatdan ortiq ishlamasligi zarur.

Qancha soliq to’lash kerakligi yana boshqa ko’plab faktorlarga bog’liq, xususan oilaviy ahvoliga (farzandli, farzandsiz, ajrashgan va hkz) va yashayotgan bundeslandiga.

Xullas, ish uchun shartnoma imzolashdan oldin, turli online hisoblagichlar orqali netto maoshingizni hisoblab oling, agar ma’qul kelsa, keyin imzo qo’ying, yo’qsa ish qidirishni davom eting. Agar ushbu post ko’pchilikni qiziqtirsa, kelgusida qanday qilib ushbu to’langan soliqlarning bir qismini qaytarib olish mumkinligi haqida post yozaman.

Agar sizga Germaniyada to’langan soliqlarni (Lohnsteuer) qaytib olishda yordam kerak bo’lsa, u holda telegramdan @abu_umar_2021 ga murojaat qilishingiz mumkin!

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen