Germaniyaga kelish bosqichlari haqida…

Germaniyaga kelmoqchi bo’gan har qanday odamga, quyidagilarni maslahat bergan bo’lardim.

Eng avvalo, maqsadni aniqlab olish kerak. Siz kelgusi 20-30 yilda nimalarga erishmoqchisiz? Shu maqsadizga erishish uchun Germaniya davlati qanchalik to’gri keladi sizga? Deylik, siz tibbiyot sohasida bakalavrni tamomladiz. Maqsadiz, zo’r kardiolog bo’lish va o’zingizni xususiy klinikangizni ochish. Buning uchun siz yaxshi joyda kardiolog sifatida mutaxassislikka o’qishiz va klinika ochish uchun pul topishiz kerak. Turli davlatlarda o’qish va pul topish haqida ma’lumotlarni ko’rib chiqdiz va Germaniya siz uchun eng ideal davlat ekanligiga amin bo’ldiz.

Shundan keyin quyidagi 3 bosqichni amalga oshirishni maslahat bergan bo’lardim:

1️⃣. Ma’lumot yig’ish bosqichi.
Bu bosqichda Germaniyaga kelish uchun qanday dasturlar borligi va bu dasturlarning talablari haqida ma’lumotlar yig’asiz. FSJ/BFD, Ausbildung, Au Pair, Hospitation, Arbeitsvisum, Anerkennungsvisum, Student, Til kursi, Weiterbildung kabi dasturlarga O’zbekistondan turib borish uchun nimalar talab qilinadi degan savollarga javob topasiz. Shunchaki yuzaki javoblar emas, konkret va ishonchli ma’lumotlar. Eng kamida quyidagilar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo’lishiz kerak : Bu dastur uchun nemis tilini qay darajada bilish kerak? Bu dasturga ketish uchun qancha mablag‘ kerak bo’ladi? Bu dasturga ketish uchun qancha vaqt kerak bo’ladi? Bu dastur davomida yoki bu dasturdan keyin Germaniyada o’zim xohlagan sohada ishlash/o’qish/Ausbildung qilish mumkinmi? Dastur davomida qancha mablag‘ ishlab topaman? Shularni qanchasini o’zim uchun ishlatishimga to’g’ri keladi? Bu dastur menga nima beradi? Bu bosqichga hujjat topshirish, joy topish qanday amalga oshiriladi? Bu dasturga viza olish ehtimoli qanaqa va hkz savollarga har bir dastur uchun ma’lumot yig’ing. Bunga 2-3 kun vaqt bemalol yetib ortadi. (Talabalik vizasini olish uchun bankka pul qo’ygani pulingiz yo’qligi uchun Ausbildung orqali kelib, keyin Ausbildung vizani talabalik vizasiga alishtirmoqchi bo’lsez, „Uzur, Ausbildung vizani talabalik vizasiga o’zgartirib bo’midi. O’zbekistonga qaytib, o’sha yerdan viza ob keling“ deyishsa „Voy men bilmagandim“ degan javob sizga yordam bermidi). Guruhda yetarlicha ma’lumot bor, tushunmagan joyingizni so’rasangiz, albatta javob berishadi.

2️⃣. Fikr qilish va Qaror qabul qilish bosqichi
Bu bosqichda yuqorida yiqqan ma’lumotlariz orqali o’zingiz va kelajakdagi maqsadingiz uchun eng optimal dasturni tanlashingiz kerak. Siz uchun Hospitation yaxshiroqmi yoki FSJ mi? Balki Au Pairlikdir? O’qishga borishga mablag’ingiz boru, nemis tilini yaxshi bilmisizmi? U holda til kursi siz uchun qulaydur?! Balki ishchi vizaga topshirish eng optimal variantdur siz uchun.
Xullas, bu bosqichda nemis tili darajangiz, Germaniyaga borish uchun sarflamoqchi bo’lgan byudjetingiz, dastur uchun joy topishning oson/qiyinligi, viza olish ehtimoli, dastur karyerangiz uchun qanchalik foydali ekanligiga qarab dasturni tanlab olasiz.

3️⃣. Amalga oshirish bosqichi
Germaniyaga qaysi dastur orqali borishni aniqlab olganingizdan keyin, uni amalga oshirish bosqichiga o’tasiz. Yuqoridagi ikki bosqichda yaxshi mehnat qilgan bo’lsangiz, bu bosqichda umuman qiynalmisiz. Deylik, siz moliyaviy tomondan qulay bo’lgani, viza olish ehtimoli yuqoriligi, kelgusi karyerangiz uchun kerakliligi uchun Ausbildung dasturini tanladiz. Lekin nemis tilini hali B1-B2 darajada bilmaysiz. Bu holatda uchinchi bosqichni nemis tilini o’rganishdan boshlaysiz. Agar allaqachon nemis tilini kerakli darajada bilsangiz, u holda ishni elchixonadan ertaroq termin ob qo’yish va Ausbildungsplatzga bewerben qilishdan boshlaysiz.

Agar shu yuqoridagi 3 bosqichga amal qiladigan bo’lsangiz, dastur uchun joy topish ham, viza olish ham juda oson kechadi.

Post Muallifi : Abu Umar

Telegramdagi @uzDeutschland kanali uchun maxsus!

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen