Germaniyada haydovchilik guvohnomasini olish

Qanday qilib Germaniyada yangi haydovchilik guvohnomasini olish yoki O’zbekistonda olingan guvohnomani umschreiben qilish haqida ushbu postda o’qishingiz mumkin

#Haydovchilik_Guvohnomasi

Assalomu alaykum hurmatli kanal obunachulari. Oramizda Germaniyadagi har doim kech qolib keladigan jamoat transportlaridan norozilar ko’p bo’lsa kerak. Ishga, o’qishga shoshib ketayotganingda, poezd kech qolsa yoki umuman kelmasa ertalabdan kayfiyat buziladi. Ana shu holatda ko’pchilikda „Tezroq haydovchilik guvohnomasi (Führerschein) olishim kerak“ degan hayol o’tgan bo’lsa kerak. Bugun sizlarga Germaniyada qanday qilib haydovchilik guvohnomasi olish mumkinligi haqida ma’lumot bermoqchiman.

Post uch qismdan iborat bo’ladi, birinchi qismida hali umuman haydovchilik guvohnomasi olmaganlar uchun ma’lumot beriladi. Ikkinchi qismida esa O’zbekistonda allaqachon haydovchilik guvohnomasi olib, endi uni nemislarning guvohnomasiga almashtirmoqchi bo’lganlar (umschreiben) uchun ma’lumot berilsa, uchinchi qismida haydovchilik guvohnomasi haqida tez-tez so’rab turiladigan savollarga (FAQ) qo’ldan kelgancha javob berib o’taman.

1️⃣. Hali haydovchilik guvohnomasi olmaganlar uchun jarayon qanday bo’ladi? O’qish va imtihon umumiy hisobda qancha?

  1. Germaniyada haydovchilik guvohnomasi uchun qilinadigan eng birinchi ish bu Fahrschule topish. O’z shahringizdagi Fahrschulelarni qidirib ko’ring, ularni narxlari bilan tanishib, o’zaro taqqoslang. Adashmasam, O’zbekistonda avtomaktablarni narxi unchalik farq qilmaydi lekin Germaniyada Fahrschulelar o’zlari ko’rsatayotgan xizmat uchun, o’zlari ixtiyoriy narx qo’ya oladi. Shuning uchun, Fahrschule bilan shartnoma tuzishdan oldin, har doim uch-to’rtta Fahrschulening narxlarini taqqoslab ko’ring, shunga qarab qaror qiling.
  2. Fahrschule topdingiz, endi ular bilan shartnoma tuzish kerak bo’ladi. Shartnomada qaysi Führerschein uchun anmelden bo’lganingiz va Fahrschule sizga taklif qilgan xizmatlari uchun narxlar yozilgan bo’ladi.
  3. Shartnomani tuzib, pulini to’lab bo’lganingizdan so’ng o’qishning Theorie (nazariy) qismini boshlasangiz bo’ladi. Agar siz B(B197) pravaga o’qiyotgan bo’lsangiz, umumiy hisobda 14 ta darsga(12 ta Grundstoff va 2 ta Zuzatsstoff) majburiy qatnashishingiz kerak bo’ladi. Darslarga qatnashish uchun bemalol o’zingizga qulay vaqtlarni tanlashingiz mumkin. Ba’zi Fahrschulelar har kuni 3-4 tadan darslar taklif qiladi, ba’zilari esa haftada 3-4 ta. Shuning uchun, shartnoma tuzishdan oldin, Fahrschule qaysi kunlari va qaysi soatlarda dars taklif qilishini yaxshilab bilib oling. Sizda faqat dushanba va seshanba 17-20 oralig’ida vaqt bo’lsayu, lekin Fahrschule faqat chorshanba-Juma dars taklif qilsa, u holda darslarga qatnasha olmasligiz mumkin. Har bir dars 90 minut davom etadi. 14 ta Theorie darsida 14 xil mavzu haqida ma’lumot beriladi, lekin qaysi darslarga qatnashishni o’zingiz hal qilasiz. Ya’ni xohlasangiz 14 ta darsda 14 xil mavzuga qatnashasiz, xohlasangiz bitta mavzuni 12 martta (2 ta Zuzatsstoff majburiy, qolganlari ixtiyoriy) qaytarasiz (bu ahmoqlik, lekin shunaqa qilsa ham bo’ladi). Mavzular shu oddiy mashina minish qonun qoidalari, yo’l belgilari, mashinaning tuzilishi va hkz haqida bo’ladi. Yuqorida aytib o’tganimdek, 12 ta dars faqat „yo’l belgilari“ mavzusiga qatnashishingiz ham mumkin, nu har bir mavzuga qatnashishni maslahat berardim.
  4. Theorie darslarga borish mobaynida (yoki undan oldin) haydovchilik guvohnomasini olish uchun Straßenverkehrsamtga Ariza (Antrag) topshirishingiz kerak bo’ladi. Buning uchun sizga 3,5 ga 4,5 biometrik rasm, Sehtest (ko’rish qobilyatingizni tekshiradi, Fielmann da bepul qildirsez bo’ladi) va Erste-Hilfe-Kurs-Bescheinigung (Primeros, DRK da qilish mumkin, narxi 40-80€ atrofida) kerak bo’ladi. Ariza topshirish narxi 10€. Arizani o’zingiz topshirsangiz ham bo’ladi, buning uchun Straßenverkehrsamtdan termin olasiz. Yoki Fahrschulega 20-30€ bersangiz, o’zlari siz uchun Arizani topshirib berishadi.
  1. Xohlasangiz 14 ta nazariy darsdan keyin, xohlasangiz ertaroq amaliy darsni (Praxis Fahrstunde, mashina minishni o’rganish) boshlashingiz mumkin. Ba’zi Fahrschulelar Praxisni boshlashdan oldin qanchadur nazariy darsga qatnashishni majburiy qilib qo’yishadi, misol uchun 123fahrschuleda 10 ta nazariy darsga qatnashganingizdan keyingina amaliy darslarni boshlash mumkin. Boshqa Fahrschuleda boshqacha qoidalar bo’lishi mumkin.
  2. Yuqorida nazariy imtihonda qatnashish uchun 14 ta darsga qatnashish majburiy ekanini aytgandim. Mashina minishni tekshiruvchi amaliy imtihonga qatnashish uchun nechta amaliy darsga qatnashish kerak? Bu savolga aniq javob berishni ilojisi yo’q, chunki qonunan hech qanday minimum chegara yo’q. Ya’ni kimdir 5 ta 90 minutlik darsdan keyin zo’r mashina haydashni o’rganib olishi mumkin, kimdir esa 25 ta darsdan keyin ham erkin mashina hayday olmasligi mumkin. Bu albatta sizning qobilyatingizga bog’liq.
  3. Ammo amaliy imtihonga borishdan oldin, eng kamida 12 ta Sonderfahrstunden (har biri 45 minut) qilish majburiy hisoblanadi, ya’ni siz haydovchilik guvohnomasini olish uchun, eng kamida 3 martta kechasi (Nachtfahrten), 4 martta Avtobanda va 5 martta Bundes- oder Landstraße (Überlandfahrten) mashina haydab ko’rishingiz kerak bo’ladi. Buni kamaytirishni ilojisi yo’q, qanchalik zo’r mashina haydashingizdan qa’tiy nazar, 12 ta Sonderfahrstunden qilishingiz shart.
  4. Endi yana nazariy bilimlarga qaytamiz. 14 ta darsga qatnashdingiz, Germaniyadagi yo’l qoidalarini yaxshilab o’rganib oldingiz, endi navbat Theorieprüfungga(nazariy imtihon). Ba’zi Fahrschule qo’shimcha ravishda sizdan App orqali Prüfungssimulation qilishni talab qiladi, ya’ni siz haqiqiy imtihondan o’ta olasizmi yoki yo’qmi, shuni yaxshiroq bilib olishingiz va shunga qarab qaror qabul qilishingiz uchun. Theorieprüfungda sizga 30 ta savol beriladi. Har bir savol uchun turli xil ball beriladi, ba’zilariga 2 ball, ba’zilariga 3 ball, eng ko’p 5 ball. Siz umumiy tarzda maksimall balldan 10 ball past olishingiz mumkin. Deylik, imtihonda 3 ta 3 ballik savolga javob bera olmadingiz (9 ball kam), lekin imtihondan o’tgan hisoblanasiz. 2 ta uch ballik va 1 ta 5 ballik savolga javob bera olmasangiz (11 ball kam) imtihondan yiqilgan hisoblanasiz. Internetda va Fahrschule beradigan Appda imtihon savollari bo’ladi, 1000 ta savollar bor, shulardan faqat 30 tasi tushadi, shunga nazariy imtihondan o’tish qiyin bo’lmaydi. Imtihon kompyuterda yoki tabletda bo’ladi, oddiy test savollar.
  5. Nazariy imtihondan o’tdingiz, endi haydovchilik guvohnomasini olishning eng asosiy bosqichi qoldi – praktische Prüfung (amaliy imtihon, nazariy imtihondan keyin 12 oyni ichida topshirish kerak, aks holda nazariy imtihonni yana topshirishga to’g’ri keladi). Imtihon 45 minut bo’ladi, siz rolda, yoningizda sizga mashina haydashni o’rgatgan ustozingiz, orqa o’rindiqda esa imtihon oluvchi shaxs (imtihonni TÜV/DEKRA ni hodimi oladi). U sizga „uyoqqa yur, buyoqqa yur, u yerdan o’ngga burul, buyerdan chapga qayril“ deb buyruq berib turadi, siz uni gaplariga qarab mashinani boshqarishingiz kerak bo’ladi. Agar yo’lda qo’pol xatoga yo’l qo’ysangiz, „mashinani chetga ol“ deydi, ya’ni imtihondan o’ta olmagan bo’lasiz. Imtihondan o’tsangiz, sizga o’sha vaqtni o’zida haydovchilik guvohnomasi beriladi.
  6. Haydovchilik guvohnomasi olish uchun jarayon qanday kechishini bilib oldik, endi narxlari haqida tanishib olsak. Mashina minishni bilmaydigan odam Führerschein olish uchun qancha xarajat qilishi kerak bo’ladi?

Yuqorida aytib o’tganimdek, narxlar Fahrschuledan Fahrschulega qarab farq qiladi, ba’zi shaharlarda narxlar qimmatroq, ba’zilarida arzonroq. O’rtacha narxlarni hisoblab chiqamiz:
Fahrschule uchun Grundbetrag : 300€ deb olamiz. (500-600€ bo’lishi ham mumkin)
Fahrschulega o’rganish materiallari uchun(misol uchun, sizga App uchun Zugang bersa yoki kitoblar) : o’rtacha 80€
Straßenverkehtamtga Antrag : 10€
Erste-Hilfe-Kurs : 60€ (Anbieterga qarab farqlanadi)
Nazariy imtihon : 23€
Amaliy imtihon : 117€
Nazariy imtihonga anmelden (Vorstellung zur theoretischen Prüfung) : 60€ (Fahrschulega qarab farq qiladi)
Amaliy imtihonga anmelden (Vorstellung zur praktischen Prüfung, ya’ni siz imtihon topshiryotganda yonizda o’tirgan o’qtuvchizni xizmat haqqi, Fahrschule sizni anmelden qilgani) : 200€
12 ta Sonderfahrstunden
(har biri 45 minut) : bitta Sonderfahrt uchun 50€ deb olsak, 12 tasi uchun 600€ (Fahrschulega qarab ozgina farq qiladi).

Eng muhimi : qobilyatingizga bog’liq bo’lgan amaliy dars (Fahrstunden) : har bir 45 minutlik dars uchun 50€ deb olsak, kimgadir 30 ta dars ham kam, kimgadir 10 ta yetadi. Keling o’rtacha 15 ta darsni hisoblaylik : 15×50€ = 750€ (agar 30 ta dars olsangiz, 1500€)

Yuqoridagilar faqat o’rtacha hisob kitob, ya’ni Fahrschulega qarab farq qiladi. Bizni holatimizda 2200€ bo’ldi, ya’ni har bir haydovchilik guvohnomasi olmoqchi bo’lgan odam shu atrofda pul sarflashi kerak bo’ladi. Yuqoridagilardan tashqari, Fahrschulening boshqa mayda chuyda xarajatlari ham bo’ladi(5-15€ lik), ularni yozib o’tirmadim. Bir tanishim, haydovchilik guvohnomasi uchun 5000€ dan ko’p pul sarfladi va hali ham haydovchilik guvohnomasi ololgani yo’q. Juda ko’p amaliy Fahrstunden qildi, imtihondan 3 marta yiqildi, shunga shunaqa ko’p pul sarfladi.

  1. Agar amaliy imtihondan yiqilsa nima bo’ladi?

U holda yana pul to’lab, imtihonni boshqattan topshirishingizga to’g’i keladi. 117€ TÜV/DEKRA, 200€ Fahrschule agar yana 2 ta Fahrstunde qilsangiz 100€ (imtihondan bekorga yiqilmagansiz, yana pul to’lab, yana amaliy dars olish kerak bo’ladi odatda). Umumiy hisobda 417€. Ya’ni imtihondan har safar yiqilganingizda, siz o’rtacha 417€ to’lab, yana imtihon topshirishingiz mumkin.

2️⃣. O’zbekistonda haydovchilik guvohnomasi olib kelganlar qanday qilib nemis pravasini olishlari mumkin? (Umschreiben).

Yuqorida batafsil jarayonni yoritganim uchun, pravasi borlarga qisqaroq ma’lumot berishga harakat qilaman.
Avvalo O’zbekistondan haydovchilik guvohnomasini olib kelganlar uchun muhim ma’lumotlarni aytib o’tsam :

-O’zbekistondan olib kelingan haydovchilik guvohnomasining muddati o’tib ketmagan bo’lishi kerak. Agar muddati o’tib ketgan bo’lsa, Uzbga borib yangilab keling yoki Germaniyada xuddi pravasi yo’qlardek hammasini boshidan boshlashingizga to’g’ri keladi.

-Ularga nazariy darslarga qatnashish majburiy emas.

Ularga Sonderfahrten qilish majburiy emas.

-Pravasi borlarga amaliy darsga qatnashish ham majburiy emas (lekin Fahrschule har doim amaliy darsga qatnashishni so’raydi, chunki ular siz rostdan ham mashina hayday olishingizga ishonch hosil qilishlari kerak).

-Ular nazariy imtihondan va amaliy imtihondan o’tishlari shart.

Germaniya haydovchilik guvohnomasini olayotganda, O’zbekistondan olingan haydovchilik guvohnomasini topshirish kerak

-Haydovchilik guvohnomasi Germaniyaga ko’chib kelishizdan oldin olingan bo’lishi lozim, ya’ni Germaniyada yashayotgan vaqtizda O’zbekistonga 1-2 oyga borib olib kelgan guvohnomangiz o’tmaydi.

2.1. O’zbekistondan prava olib kelganlarga Germaniyada pravani umschreiben qilish qanchaga tushadi?

O’rtacha: Grundbetrag : 300€, Vorstellung zur theoretischen Prüfung 60 €, Vorstellung zur praktischen Prüfung 200€, Antrag Straßenverkehtamt 40€, Erste-Hilfe-Kurs 60€, nazariy imtihon 23€, amaliy imtihon 117€, 2 ta ixtiyoriy Fahrstunden 100€. Umumiy hisobda o’rtacha 870€, lekin men tanigan deyarli hamma bundan ko’proq sarflagan, shunga o’rtacha 1200-1500€ mo’ljallaganiz yaxshi. (Aslida O’zbekistondan haydovchilik guvohnomasi olib kelganlar, Fahrschulega bormasdan pravani umschreiben qilishlari ham mumkin, ya’ni yuqoridagi 300€ Grundbetragni to’lamasdan, ammo imtihon vaqtida yoningizda Fahrlehrer o’tirishi shart, Fahrlehrerni esa Fahrschuledan topasiz, shunga Fahrschulega borishga baribir majbursiz. Borganda „menga faqat imtihon vaqtida Fahrlehrer kerak xalos“ deb, narxni yanada arzonlatishga harakat qib ko’ring, agar o’zingizga juda ham ishonsangiz)

Telegramdagi @uzDeutschland kanali uchun maxsus!

Muallifni va sayt xarajatlarini (Hosting, Domain) qo’llab quvvatlash : https://tirikchilik.uz/uzdeutschland

Post Muallifi : Abu Umar

1 Gedanke zu „Germaniyada haydovchilik guvohnomasini olish“

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen