Germaniyada doimiy yashash vizasini (Niederlassungs erlaubnis) olish

Assalomu alaykum ahli guruh. Bu guruhdagi ko’pchilik Germaniya davlatida istiqomat qiladi, kimdir talaba, kimdir Au pair yana kimdir esa ishchi. Germaniyaga kelish maqsadi, bu yerda qilayotgan mashg’uloti turlicha bo’lgani uchun, ularga turlicha visa va turlicha yashash ruhsatnomasi(Aufenthaltserlaubnis) beriladi. O’sha yashash ruhsatnomasiga Germaniya davlatida qaysi kungacha yashashimiz mumkinligi yozib qo’yilgan bo’ladi. Kimdir 2020, kimdir 2023- yilgacha yashash huquqiga ega. Lekin agar siz Germaniya davlatida uzoq muddat(masalan bir umr) yashamoqchi bo’lsangiz, Niederlassungserlaubnis nomli yashash ruhsatnomasini olishingiz mumkin. Bu ruhsatnoma sizga Germaniyada bir umr qolish hamda ishlash imkoniyatini beradi. Xohlasangiz o’zingizning biznesingizni yo’lga qo’yishingiz mumkin.

Ho’sh, sizga Germaniyada bir umr yashash imkoniyatini beruvchi ushbu ruhsatnoma qanday olinadi? Qanday talablari bor? To’lovi bormi, bor bo’lsa, qancha? Shu kabi savollarga ushbu post orqali javob berishga xarakat qilaman.

Niederlassungserlaubnis olmoqchi bo’lgan inson :

1. Germaniya davlatida 5 yil davomida yashagan bo’lishi.

2. 60 oy davomida Rentenversicherung to’lagan bo’lishi.

3. Nemis tilini kamida B1 darajada bilishi

4. Yashashi uchun kerakli mablag’ni ko’rsatishi (ishlayotgan joyidan Lohn– yoki Gehaltsabrechnung, ya’ni allaqachon ishlayotgan bo’lishi lozim)

5. O’zi va oilasi uchun yashash uchun yetarli uy-joyi bo’lishi Kerak.

Demak, agar siz ushbu talablarga javob bera olsangiz, doimiy yashash ruhsatnomasi uchun ariza topshirishingiz mumkin. Ba’zi hollarda ushbu talablar ro’yhati o’zgaradi, xususan :

A). Germaniya davlatidagi Universitetni tamomlaganlar 2 yildan keyin ham Niederlassungserlaubnis olishlari mumkin. Bu holatda siz o’qishni bitirib, o’z sohangizda 2 yil ishlashingiz va 2 yil davomida Rentenversicherung to’lagan bo’lishingiz lozim.

B) Blaue Karte egalari 33 oy Germaniyada ishlaganlaridan keyin Niederlassungserlaubnis olishlari mumkin. Agar nemis tilidan B1 darajaga ega bo’lsa,u holda 21 oy ishlagan bo’lsa kifoya.

C) Agar siz judayam yuqori malakali ishchi bo’lsangiz,unda hali Germaniyaga kelmasdan Niederlassungserlaubnis olishingiz mumkin.(O’zini yuqori malakali hisoblovchilar,qo’shimcha ma’lumotni google dan olishlari mumkin 🙂 ) Ushbu yashash ruhsatnomasini olish uchun Ausländerbehörde ga 110-150€ atrofida to’lov qilish lozim.

Post 2019-yilda yozilgan. Ma’lumotlar hali ham aktuell bo’lgani uchun saytga ham joylab qo’yyabman.

Post muallifi : Abu Umar

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen