-O’zbekistonda tibbiyot sohasida bakalavrni bitirib, Germaniyada magistratura o’qisa bo’ladimi?
-Yo’q, Germaniyada kardiolog, LOR, ginekolog kabi mutaxassisliklarga erishish uchun o’rtacha 4-6 yil davomida Weiterbildung qilinadi (Weiterbildung davomida sizga 4000-5000€ oylik to’lanadi). Magistratura Mikrobiologie, Epidemiologie kabi tor soxalarda o’qiladi xalos. Batafsil bu yerda bilib oling!
-O’zbekistondan turib Germaniyaga to’g’ridan-to’g’ri vrach sifatida ishchi viza bilan borsam bo’ladimi? Yoki oldin Germaniyaga boshqa dastur bilan kelishim kerakmi?
-Germaniyada vrach bo’lib ishlash uchun FSP nomli nemis tilidan imtihon topshirish kerak. U imtihonni faqat Germaniyada topshirish mumkin. Shuning uchun oldin Germaniyaga bironta dastur (FSJ, BFD, Hospitation, Ausbildung, Sprachkurs va hkz) bilan kelasiz. Imtihonni muvaffaqqiyatli topshirasiz. Ana undan keyin vrach sifatida ishlashiz mumkin.
-Byudjetda o’qib qo’ygandim, diplomimni berishmayabdi, endi Germaniyaga borolmimanmi?
-Bora olasiz. Diplomni 3-4 soatga olib turishingiz kerak. Keyin elchixonada Beglaubigte Kopie qilasiz. Undan keyin sizga original diplom kerak bo’lmidi.
-Yaxshi baholarga o’qimagandim, endi Germaniyada ishlash/Weiterbildung_qilish imkoniyatim yo’qqa chiqdimi?
-Past bahoga o’qigan bo’lsangiz ham, kelib ishlashingiz mumkin. „Germaniyada ishlash uchun o’qishda olgan bahosi 4 yoki 5 bo’lishi shart“ degan gap yo’q. Yaxshi bahoga o’qigan bo’lsangiz o’zingiz uchun foydali, kelajakda ish topishingiz ham osonroq bo’ladi. (Ish beruvchi 4-5 nomzodni orasidan nomzodlarning tajribasiga, o’qigan bahosiga qarab o’ziga ma’qulini tanlab oladi)
-Faqat ingliz tilini bilib ham Germaniyada vrach sifatida ishlash mumkinmi?
-Yo’q. Nemis tilini eng kamida B2 darajada bilish shart. Undan keyin FSP nomli imtihon topshirasiz.
-Men O’zbekistonda pediatriya ishini tamomlaganman. O’zim xohlagan yo’nalishda Weiterbildung qilsam bo’ladimi?
-Bo’ladi, O’zbekistonda davolash ishi fakultetida o’qigan bo’lsangiz ham, pediatriya ishida o’qigan bo’lsangiz ham farqi yo’q. Imkoniyatlar bir xil.
-Men o’qigan universitet Germaniyada tan olinadimi?
-Barcha davlat universitetlari va ularning filiallari tan olinadi. Akfa, Chujonchu degan har xil yangi ochilgan universitetda o’qigan bo’lsangiz, unda diplomiz tan olinmidi. Germaniyada vrach bo’lib ishlay olmisiz.
-O’zi Germaniyada vrachlarni oyligi qancha?
-Bakalavrni endi tamomlagan vrachlarni o’rtacha oyligi soliqlardan tashqari 3000-5000 yevro atrofida (ya’ni Weiterbildung davomida shuncha topadi), undan keyin tajribasiga va mansabiga qarab oshib boradi.
-Men O’zbekistonda tibbiy profilaktika (SES) yo’nalishida o’qiyman. Germaniyada vrach bo’lib ishlashim/Weiterbildung qilishim mumkinmi?
-Yo’q.
-Germaniyaga vrach sifatida ishga borish uchun yoshni ahamiyati bormi?
-Ahamiyati yo’q.
-Germaniyada tibbiyot sohasida o’qish rostan bepulmi? Ingliz tilida o’qisa ham bo’ladimi?
-Bepul desa ham bo’ladi, 1 yil uchun 200-700€ atrofida Semesterbeitrag to’lash kerak xalos. O’qish uchun nemis tilini eng kamida C1 darajada bilish shart.
-O’zbekistonda tibbiyot sohasida o’qiyman, o’qishni Germaniyaga ko’chirsam bo’ladimi?
-Bo’ladi. Buning uchun nemis tilini kamida C1 darajada bilish kerak. Undan tashqari viza uchun 13000€ atrofida pul kerak. Hozirgi kursingizdan boshlay olmisiz, aksar hollarda 1-kursdan boshlashga to’g’ri keladi. Eng ko’pi bilan 3-kursdan boshlash imkoniyati bor. Batafsil bu yerda.
Post muallifi: Abu Umar