Germaniyada bakalavr qay tartibda o’qitiladi?

#Bachelor
Assalomu alaykum guruhimiz a’zolari.
So’ngi paytlarda Germaniya universitetlarida tahsil olmoqchi bo’lgan yurtdoshlarimiz soni sezilarli ravishda ko’payib bormoqda. Nemis universitetlari talabalarga yuqori sifatli ta’lim berish bilan bir qatorda, ularni muvaffaqqiyatli tahsil olishi uchun kerakli ko’mak va maslahatlar bilan ta’minlaydi. Lekin oliy ta’limni Germaniyada o’qishdan oldin, bu yerning ta’lim tizimi bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bugun sizlarga Germaniyada bakalavr darajasini olish uchun kerakli ma’lumotlarni bo’lishmoqchiman.

1999-yilda Italiyaning Boloniya shahrida imzolangan Boloniya deklaratsiyasi haqida ma’lumotga ega bo’lsangiz kerak. Yevropaning aksar mamlakatlarida oliy ta’zim tizimi shu deklaratsiyaga ko’ra yuritiladi. Ushbu deklaratsiyaning talabiga ko’ra, talaba ma’lum bir darajani olish uchun, shu daraja uchun talab etiladigon minimum miqdordagi kredit punktlarni (ECTS credits, Leistungspunkte ) to’plashi zarur. Masalan, bakalavr darajasi uchun 180-240 punkt (6-8 Semester) talab etilsa, Master uchun odatda 120 punkt kerak bo’ladi.

Ushbu tizim qanday ishlashi hamda kredit punktlar qanday to’planishi haqida Dortmund texnika universitetining Informatika yo’nalishini misol qilib,tushuntirib bermoqchiman.

Germaniya oliygohlarida o’quv rejasi Modullar asosida shakllantirilgan, ya’ni siz yo’nalishingizga oid bilimlarni modullar orqali egallaysiz. Yuqoridagi rasmda TU Dortmunddagi Informatika yo’nalishining o’quv rejasi tasvirlangan (mit Nebenfach Elektrotechnik). Ushbu rasm orqali Modullarning nomi va ushbu modullarni o’zlashtirish orqali nechta kredit punkt (LS) olish haqida ma’lumotlarni olishimiz mumkin.

Misol uchun, 1-semester ostida 3 ta modul tasvirlangan : Datenstrukturen, Algorithmen und Programmierung 1 (DAP1), Rechnerstrukturen (RS) va Mathematik für Informatiker 1 (M1).

Modullar 3 turga bo’linadi :

1. Majburiy modullar (Pflichtmodule),ya’ni o’z yo’nalishiz uchun zarur bo’lgan modullar. Diplom olish uchun shu modulni muvaffaqqiyatli o’zlashtirishiz va imtihondan o’tishiz shart.

2. Yarim majburiy modullar (Wahlpflicht Module). Bu holatda siz bir nechta modullardan iborat katalogning bitta modulini tanlashiz lozim. Misol uchun,rasmda 3 semester ostida “Wahlpflicht aus Katalog „Konzepte für Software“ deb yozilgan,ya’ni “Konzepte für Software‘‚ katalogida 4 ta modul bo’lsa, siz shuni bittasini tanlab, o’qishga majbursiz.

3. Ixtiyoriy modullar (Wahl Module). Rasmda 6-semestrda 2 ta Wahl Moduleni ko’rishimiz mumkin, siz bu holatda o’zingiz xoxlagan modulga qatnashib, 4 kredit punkti olishiz mumkin. (Modul imtihonidan o’tib, albatta) Modul yo’nalishizga aloqador bo’lishi shart emas. Xoxlasangiz arab tili o’rganishingiz yoki kimyo-fizikaga oid bironta modulni o’qishingiz mumkin.

Endi modullar haqida qisqacha aytib o’tsam. Modullar turli o’quv mashg’ulotlaridan tashkil topgan bo’ladi,misol uchun leksiyalar (Vorlesungen), mashqlar (Übungen), seminarlar, praktikalar va hkz. O’zingizga kerakli kredit punktni olish uchun modul imtihonidan o’tishingiz kerak, leksiyalarda qatnashish majburiy emas. Leksiyalar va Mashqlar 90 daqiqa davom etadi.

Endi yana bir narsa haqida aytib o’tsam. Rasmda faqat 6 ta semester tasvirlangan, ya’ni shu o’quv rejasini tuzganlar, TU Dortmundda informatika yo’nalishida o’qib, bakalavr diplomini olish uchun 6 semester yetarli deb hisoblagan. Ammo bu o’quv rejasi tavsiya xalos (Regelstudienzeit). Agar siz xoxlasangiz, 6 semester emas, 7,8,9,10 xullas xoxlaganingizcha o’qishingiz mumkin. Misol uchun, birinchi semesterda 3 ta emas, 2 ta modulga qatnashishingiz mumkin. 2-semesterda o’sha qolgan bitta modulni yopasiz, shunaqa qilib, o’qishni o’zingiz qachon xoxlasangiz ,shunda bitirasiz. (O’zlashtira olmasangiz, bitira olmaysiz ham). Ma’lumotlarga ko’ra talabalarning bor yo’g’i 30%i Informatika yo’nalishini TU Dortmundda 6 semesterda bitirar ekan. Men tanigan ko’pchilik xorijiy talabalar bakalavrni 8-10 semesterda tamomlagan. (Ha yana bir gap, agar wunderkind bo’lsangiz, o’qishni 3-4 semesterda ham bitirib qo’yishingiz mumkin. )

Haftalik o’quv rejangizni ham o’zingiz tuzasiz, yani odatda modulga oid mashq guruhlari turli vaqtlarda bo’ladi. 10-20 ta guruhdan, o’zingizga to’g’ri kelganini tanlaysiz. Guruhlarda bir xil narsa o’rgatiladi, vaqti farq qiladi xalos.

Ushbu post orqali,Germaniya ta’lim tizimi haqida qisqacha ma’lumot bera oldim degan umiddaman. Endi o’zingizni qiziqtirgan universitetning yo’nalishlari haqida yetarlicha ma’lumotlarni universitet saytidan olishiz mumkin. U yerda yo’nalish uchun kerakli modullar, modullar orqali aynan qanday bilimlar olinishi, modullar qaysi o’quv mashg’ulotlaridan tashkil topgani yozilgan. E’tiboringiz uchun rahmat!

Post Muallifi : Abu Umar

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen