Vrachlar uchun Germaniyaga kelib olishga eng yaxshi dastur qaysi?

#Optimal_variant

Assalomu alaykum hammaga. Guruhimizda O’zbekistonda Medinstitutni tamomlab, Germaniyaga kelmoqchi bo’lib yurgan vrachlar👩‍⚕️👨‍⚕️ ko’pchilikni tashkil qiladi. Guruhda „Germaniyaga qanday borsa bo’ladi? Qaysi yo’l orqali borish yaxshiroq, arzonroq va osonroq?“ kabi savollar tez-tez so’ralib turiladi.
Qaysi yo’l eng optimal va eng qulay ekanligi har bir inson uchun individual hisoblanadi, ya’ni men tanlagan yo’l men uchun optimal, lekin sizga umuman to’g’ri kelmasligi mumkin. Qaysi yo’l siz uchun yaxshiroq ekanligi nemis tilini qay darajada bilishingizga, byudjetingiz qancha ekanligida va Germaniyaga borgandan keyingi rejalarizga bog’liq.

Ushbu postda, Germaniyada vrach sifatida ishlamoqchi bo’lganlar qaysi yo’l orqali Germaniyaga kelish mumkinligi va o’sha yo’llarning plus/minus tomonlari hamda talablari haqida ma’lumot bermoqchiman. Ro’yhatni alifbo tartibida tuzib chiqdim :

1️⃣. Ausbildung.

Talablar : Ausbildungga viza olish uchun nemis tilini eng kamida B1 darajada bilish (pflege sohasi uchun ko’p klinikalar B2 so’raydi) va Ausbildung uchun shartnoma kerak bo’ladi.

Plus tomonlari : Birinchidan, Ausbildungga ketish uchun hamda Germaniyada Ausbildung davomida sizdan ko’p mablag‘ talab qilinmaydi. Ya’ni siz Ausbildung davomida oylik maosh olasiz, shuning uchun talabalarga o’xshab, bloklangan hisob raqamga pul qo’yishiz shart emas. (Oylik maoshiz eng kami 939€ bo’lishi kerak, aks holda yetmagan qismini 12 ga ko’paytirib, bloklangan hisobga qo’yishiz kerak). Undan tashqari Germaniyadagi xarajatlar uchun ham Ausbildungda oladigan maoshiz bemalol yetib ortadi. Ikkinchidan, Ausbildungga viza olish ehtimoli ancha yuqori. Ya’ni siz Ausbildung uchun barcha talablarga javob bersangiz, sizga albatta viza berishadi. Faqat mana bunday firibgarlar tuzog’iga tushib qolmang (Ausbildungni Pflege sohasida qilgan ma’qul, boshqa sohalarda viza olish ehtimoli kamroq). Uchinchidan, Germaniyaga Ausbildungga kelgandan so’ng, FSP topshirib, Berufserlaubnis olganizdan so’ng, Ausbildungni Kündigung qilib, Germaniyada vrach bo’lib ishlashni boshlashingiz mumkin. Ya’ni, vizani almashtirish muammo emas.

Minus tomonlari : Birinchidan, Ausbildung uchun joy topish oson emas. Ya’ni Germaniyadagi ko’p ishxonalar Ausbildungga allaqachon Germaniyada yurganlarni qabul qilishni afzal ko’rishadi. Undan tashqari, Ausbildung yilning ma’lum muddatida boshlanadi, mart/aprel va avgust/sentabr oyida. Lekin siz deylik 1-yanvardan Germaniyaga kelmoqchi bo’lsangiz, unda joy topish ehtimoli yanada kamayadi. Ikkinchidan, Ausbildung qilayotgan odam haftada 5 kun band bo’ladi. Ya’ni, siz Germaniyaga kelib, vrach bo’lib ishlash uchun FSP imtihonini topshirishingiz kerak. Unga ham alohida vaqt ajratish talab qilinadi. Lekin Ausbildung davomida sizda o’sha vaqt kam bo’ladi. Asosiy vaqt Betriebda yoki Berufschuleda o’tadi. Faqat shanba-yakshanba tayyorlansangiz, tayyor bo’lgunizcha ancha vaqt yo’qotishingiz mumkin. Uchinchidan, Ausbildungdagi muhit sizga to’g’ri kelmasligi mumkin. Ya’ni, Siz O’zbekistonda kamida 6 yil o’qib, vrach bo’ldingiz. Germaniyaga Pflege sohasida Ausbildungga kelsangiz, Beruffschuleda (maktabga o’xshagan joy, nazariy bilimlar olinadi) endi 18-19 ga kirgan, maktabni zo’rg’a bitirganlar orasida bo’lasiz. Shifoxonada ham, sizga vrach sifatida emas, hamshiralikni o’rganayotgan azubi sifatida qarashadi. Masalan, hamshira sizga davleniya o’lchashni o’rgatib tursa g’alati bo’lsa kerak a? Yo bo’masam, bemorni postelini almashtirishni buyursa?) „Ha, baribir 3-6 oyda FSP topshirib, Kündigung qilamanku“ deyishiz mumkin lekin baribir. Ba’zida kun tugashi ham qiyin bo’p ketadi o’zi).


2️⃣. Au-Pair.

Talablari : Nemis tilidan A1 darajadagi sertifikat va Germaniyadan oila topish.

Plus tomonlari : Birinchidan, nemis tilini yaxshi bilish shart emas. Atiga A1 sertifikat bilan ham kelish mumkin. O’zbekistonda nemis tilini yaxshi o’rgana olmayotganlar uchun yaxshi variant. Nemis oila bilan yashab, nemis tilini ham tezda o’rganib oladi. Ikkinchidan, judayam arzon. Au pair uchun bo’lib kelish uchun sizdan hech qancha mablag‘ talab qilinmaydi. Ba’zi oilalar samalyot uchun bilet ham olib berishadi xattoki. Uchinchidan, Yilning xohlagan vaqtida boshlasa bo’ladi. Ausbildungga o’xshab, „qachon mart bo’larkin„, „qachon avgust bo’larkin“ deb kutib o’tirishga hojat yo’q. Oila topsangiz kifoya. To’rtinchidan, Au pair vizasini ham osongina boshqa vizaga o’tkazib olishingiz mumkin.

Minus tomonlari : Birinchidan, hozirgi kunda Au pairlik uchun viza olish ehtimoli ancha kamaygan. Ko’pchilikka „Bu shaxsning maqsadi Au Pair bo’lib, nemis tili va nemis madaniyatini o’rganish ekanligiga shubxa bor. Suhbatda Au Pairdan uning karyerasiga qanday foyda borligi haqidagi savolga qoniqarli javob bera olmadi“ deb otkaz berishmoqda. Ayniqsa, vrachlar au pairlik vizasi olmoqchi bo’lsa, uning maqsadi Germaniyada vrach bo’lib qolish ekanligini bilish qiyin bo’lmaydi. Au pairlikdan shunchaki Germaniyaga osongina borib olish uchun ko’prik sifatida foydanalishga elchixona qarshi. Ularg rostnin ham Au pair bo’lish sizning asosiy maqsadingiz ekanligi va au pairlik sizning faoliyatingiz uchun muhim ekanligiga ishontira olishingiz kerak. Ikkinchidan, Au pair uchun yosh chegaralangan. Faqatgina 27 yoshga to’lmaganlar va oila qurmaganlar Au pair bo’lishlari mumkin. Uchinchidan, yomon oilaviy muhit. Au pair bo’lib boshqa millat, boshqa din vakillari bilan bir tom ostida yashash oson emas (joiz ham emas). Har xil diniy, madaniy muammolar kelib chiqishligi mumkin. Shuning uchun, oila bilan oldindan hammasini kelishib olgan ma’qul. Oilasi yoqmasdan, keganiga pushaymon bo’lganlarni ko’p ko’rganmiz. Au pairlikka kelib, cho’chqa boqib yurgan yoki mashina ustaxonasida ishlagan o’g’il bollar haqida ham eshitganmiz))

3️⃣. FSJ/BFD.

Talablari : Nemis tilini kamida A1 darajada bilish va shartnoma olish.

Plus tomonlari : Birinchidan, xuddi Au pair kabi FSJ/BFD ga kelish uchun ham nemis tilini yaxshi bilish shart emas. (lekin nemis tilini yaxshiroq bilsangiz, joy topish ham osonroq bo’ladi). Ikkinchidan, Bu dastur uchun ham sizdan ko’p mablag‘ talab etilmaydi. Germaniyaga kelganingizdan keyin ham ko’p joylar sizni yotoqxona va taschengeld bilan ta’minlaydi. Uchinchidan, yaxshiroq muhit. Agar siz FSJ/BFD ni kasalxonada qilsangiz, tibbiyotga oid ko’p nemischa so’zlarni o’rganasiz. Kasalxona muhiti haqida ham ma’lumotga ega bo’lasiz. Bu sizga keyinchalik FSP imtihonini topshirishda va ishga kirishda yordam beradi. To’rtinchidan, FSJ/BFD vizasini ham osongina boshqa vizaga o’tkazib olishingiz mumkin.

Minus tomonlari : Birinchidan, xuddi Au pairlik kabi viza olish ehtimoli ancha kamaygan, ko’pchilik otkaz olyabdi. Maqsadini yaxshi tushuntirib bera olib, viza olayotganlar ham yo’q emas. Harakat qilib ko’rishga arzidi. Ikkinchidan, Vaqt. FSJ/BFD davomida ham haftasiga 35-40 soat vaqtingiz Einsatzstelleda o’tadi. Nemis tili o’rganishga ko’p vaqt bo’lmaydi sizda. Agar A1-A2 daraja bilan kevolsangiz, B2ni olib, FSP ga tayyor bo’lgunizcha kamida 1 yil ketib qolishi mumkin. Agar sizda vaqt kam bo’lsa, boshqa yo’l bilan kelish ma’qul.

4️⃣. Hospitation, maoshi bilan, shengen viza.

Hospitation haqida gapirishdan oldin Praktikum va Hospitationni farqini aytib o’tsam. Qoida bo’yicha, hospitation davomida siz faqat kuzatuvchi maqomida bo’lasiz (Gastarzt) ya’ni qon olish, jarohatni tikish, operatsiya qilish kabi tibbiy muolajalarni bajarishga sizda huquq yo’q. Shuning uchun, Hospitation davomida odatda oylik to’lanmaydi va Hospitationga kelish uchun sizdan Berufserlaubnis/Approbation talab etilmaydi. Praktikum davomida esa siz tibbiy muolaja qilish huquqiga ega bo’lasiz. Shuning uchun Praktika davomida sizga oylik to’lanadi va sizdan Berufserlaubnis/Approbation talab qilinadi, bular bo’lmasa viza olishda muammo bo’ladi. Shuning uchun ushbu postda faqat Hospitation haqida yozmoqchiman.

Hospitation talablari : Germaniyadagi kasalxonalarning biridan Hospitation uchun shartnoma olish.

Plus tomonlari : Birinchidan, Hospitation davomida ko’p narsa o’rganish mumkin. Vrachlar bilan muloqot qilasiz, ular qanday ishlashi, texnik moslamalarni qanday ishlatishi, bemorlar bilan qanday suhbatlashishi haqida bilib olasiz. Ikkinchidan, Hospitationdan keyin vrach sifatida ish topish osonroq bo’ladi. Chunki agar o’zaro to’g’ri kelsanglar, o’sha Hospitation qilgan joyingizda ishlab qolishingiz mumkin. Yoki bo’lmasam, ular sizga Hospitationsbescheinigung beradi, buni ishga bewerbung qilyotganda foydasi bo’ladi. „Bu odam palon klinikada Hospitation qilibdi. Nemis sistemasidan ancha muncha xabari bor bo’lsa kerak“ deb o’ylashadi. Uchinchidan, FSP topshirishda ham Hospitationda kuzatgan jarayonlariz ancha yordam beradi. Ba’zi ko’p qo’llaniladigan nemischa tibbiy atamalar yod bo’lib ketadi. Tö’rtinchidan, Hospitation uchun oylik to’laydigan joy topish ham mumkin. Agar yaxshilab qidirsangiz, Hospitation uchun oylik to’laydigan klinikalar ham chiqadi. Lekin baribir maosh vrachlarniki singari 4000-5000€ bo’lmaydi. 1000-1500€ atrofida bo’lsa kerak maksimum.

Minus tomonlari, Birinchidan, Hospitation uchun nemis tilini kamida B1-B2 darajada bilish kerak. Endi A1-A2 darajada o’rganganlarga Hospitation topish juda ham qiyinm. Ikkinchidan, aksar hollarda Hospitation 3 oygacha taklif etiladi. Bu holatda sizga shengen viza beriladi. Vizani muddati tugagandan keyin, O’zbekistonga qaytib, keyin ishchi viza bilan Germaniyaga qaytishiz kerak bo’ladi. Uchinchidan, Agar Hospitation davomida FSP ni topshira olmasangiz, u holda O’zbekistonga qaytgandan keyin jarayonni yana boshidan boshlashizga to’g’ri keladi. Hospitation qilganiz sizga faqat nemis tili o’rganishda yordam bo’lgan bo’ladi xalos. Shuning uchun, FSP ga yaxshiroq tayyorlanish kerak.

(Hospitation davomida FSP ni muvaffaqqiyatli topshirib olsangiz, sizga Berufserlaubnis beriladi. Keyin vrach sifatida ish topasiz, shartnoma olasiz, O’zbekistonga qaytib, ishchi viza bilan Germaniyaga qaytasiz).

5️⃣. Hospitation, maoshi bilan, milliy viza.

Bu ham yuqoridagi Hospitation bilan deyarli bir xil. Yagona farqi, bu Hospitation 3 oydan ko’proq davom etadi. Sizga milliy viza beriladi.

Plus tomonlari : Yuqoridagi Hospitationda yozib o’tgan to’rttala plyus tomonlar bu Hospitationda ham bor. Beshinchidan, agar milliy viza bilan kelib olsangiz, unda O’zbekistonga qaytib borishingiz shart emas. Hamma ishni shu yerda hal qilishingiz mumkin. FSP topshirib, Berufserlaubnis olgandan keyin, Hospitationni to’xtatib, vrach sifatida ish boshlash mumkin. Oltinchidan, Mabodo FSP ni Hospitation davomida topshira olmasangiz, vizani boshqa maqsadda cho’zdirish ham mumkin. Deylik, til kursi uchun yoki bo’lmasam Ausbildung.

Minus tomonlari : yagona minus tomoni, o’zi 3 oygacha bo’lgan muddatga oylik to’lanadigan Hospitation topish qiyin. Undan ko’p muddatga Hospitation topish esa yanada qiyinroq. Lekin harakat qilishga arzidi. O’zingiz ishlamoqchi bo’lgan klinikaga vaziyatni tushuntirib, chiroyli Anschreiben yozing. „Men tibbiyot institutini tamomlaganman, nemis tilidan B2 sertifikatim bor, palon sohalarda tajribaga egaman, chet elda o’qiganim uchun diplomim Germaniyada to’g’ridan to’g’ri anerkennung bo’midi. Avval Germaniyada nemis tilidan imtihon topshirishim kerak, imtihondan o’tgandan keyin vrach sifatida ishlay olaman. Aynan shu senlardi klinikangda ishlamoqchiman. Shuning uchun menga nemis tilimni yaxshilashda va Germaniyaga borib olishda Hospitation uchun joy kerak. Yordam bera olsalaring xursand bo’lardim“ deb yozsangiz bo’ladi

‼️Yuqorida 5 ta turli vizalar haqida aytib o’tdim (Ausbildung, Au Pair, FSJ, Hospitation-schengen, Hospitation-milliy-viza). Bularning hammasi byudjeti nisbatan kam bo’lganlar uchun mo’ljallangan. Ya’ni bu vizalarni olish uchun sizdan ko’p mablag‘ va bloklangan hisob raqam(Sperrkonto) talab etilmaydi. Quyidagi viza turlari bilan kelish uchun esa sizdan bloklangan raqam yoki pulingiz borligi haqida isbot talab qilinadi‼️

6️⃣. Hospitation, maoshsiz, shengen va milliy viza.

Bu Hospiationning talablari ham, plyus tomonlari ham yuqoridagi Hospitationlar bilan bir xil. Yagona farqi, ushbu Hospitation davomida sizga oylik to’lanmaydi. Viza olish uchun bloklangan hisob raqam ko’rsatish kerak. Oyiga tahminan 1000€ atrofida.

7️⃣. Imtihon topshirgani kelish / turist sifatida kelish:

Talablari : Hozirgi kunda vaksina olgan bo’lishi lozim. Undan tashqari, Germaniyada yashash uchun yetarli mablag’i borligini isbotlab berishi kerak.

Plus tomonlari : Birinchidan, bu turdagi vizani olish juda ham oson. Bankda 3000-4000$ puliz borligini ko’rsatib bersangiz bo’ldi. Ikkinchidan, Germaniyada kimdandur shartnoma olgan bo’lishingiz ham shart emas. „Menga Ausbildung to’g’ri kelarmikin, Hospitation topa olarmikinman“ deb o’ylanib o’tirmaysiz. Uchinchidan, Viza 10-15 kunda qo’lingizda bo’ladi.

Minus tomonlari : Birinchidan, safar xarajatlarini o’z hisobingizdan qoplashingiz kerak. Ikkinchidan, Agar kelganingizdan keyin FSPni muvaffaqqiyatli topshira olmasangiz, ketkizgan pulingiz havoga uchgan bo’ladi. Uchinchidan, nemis tilini O’zbekistonda o’rganish kerak. To’rtinchidan, bu vizani muddatini uzaytirib ham, almashtirib ham bo’lmaydi.

Jarayon quyidagicha bo’ladi : Hamma hujjatlarni o’ziz ishlashni xohlagan Bundeslandning Ärztekammeriga yuborasiz. FSP uchun termin olasiz. (Ikkita gap bilan yozib qo’yganim bilan, bu yerda jarayon ancha uzoq davom etadi. Avval Berufserlaubnis beantragen qilish kerak, keyin sizdan FSP topshirganligiz haqida so’raydi. Ana undan keyin FSP ga anmelden qilasiz. Keyin sizga termin beriladi lekin bu postning maqsadi boshqa, shunga FSP ga anmelden qilish jarayonini batafsil yozmayabman) O’sha terminga mo’ljallab, shengen viza olasiz. FSP dan o’tgandan keyin, Uzbga qaytasiz, vrach sifatida ishlash uchun joy topasiz. (Germaniyada ekanligizda ham joy topishga harakat qib ko’ring, osonroq bo’ladi) Keyin ishchi viza bilan yana Germaniyaga kelasiz.

8️⃣. Til kursi (Sprachkurs)

Talablari : Bloklangan hisob raqamda pul yoki Germaniyada yashayotgan odam tomonidan berilgan Verpflichtungserklärung :

Plus Tomonlari : Birinchidan, Erkinlik. Siz Ausbildungga kelganlarga o’xshab vaqtingizni Betrieb yoki Beruffschuleda o’tkazmaysiz, Au Pairlarga o’xshab kimidir uyini tozalab yurmaysiz, FSJ qilayotganlarga o’xshab, tekinga ishlab yurmaysiz, qaysidir klinikaga yalinib Hospitation ham so’ramaysiz. Germaniyaga kelgandan keyin ham asosiy e’tiborni nemis tilini o’rganishga va FSP imtihoniga tayyorlanishga qaratasiz. Ikkinchidan, FSP dan keyin ish topib, vizani osongina ishchi vizasiga o’zgartirib olasiz. Uchinchidan, O’zingiz xohlagan shaharga kelasiz. Ausbildung, Au Pair yoki boshqa dastur bn kelayotganlarda har doim ham o’zi xohlagan shaharga kelish imkoni yo’q. Sizda esa bor. Xohlasez Münchenga, xohlasez Berlinga xohlasez Kölnga kelasiz. To’rtinchidan, Viza olish ehtimoli ham FSJ yoki Au Pairlarnikidan yuqoriroq.

Minus tomonlari : Birinchidan, 6 oyga kelish uchun sizdan 5682€ bloklangan hisob raqamda pul talab qilinadi. 12 oyga kelish uchun esa 11364€. Bundan tashqari til kursi uchun ham 1000-2000€ atrofida to’lov qilish zarur. Ikkinchidan, Til kursi bilan kelganlarga Germaniyada qonuniy ishlash huquqi berilmaydi. Illegal ishlashizga yoki pulingizni „yeb yotishingiz“ ga to’g’ri keladi. (2023-yilda qabul qilingan yangi qoidalarga ko’ra, endilikda til kursiga kelayotganlarga ham haftasiga 20 soat ishlash huquqi berilmoqda)

9️⃣. O’qish (Studium)

Talablari : nemis tilidan kamida B2 darajadagi sertifikat va bloklangan hisob raqam yoki Verpflichtungserklärung

Plus tomonlari : yuqoridagi til kursida yozilgan uchchala plyus tomonlari bu yerda ham bor. To’rtinchidan, sizga ishlash huquqi ham beriladi. O’qishga bormasdan, ishlab yursangiz ham bo’ladi. Faqat Vollzeit ishlasangiz, 6 oydan oshmasligi kerak. O’qishga kelasiz, hujjatlarni Bundesarztekammerga topshirasiz, o’qishga bormasdan bironta joyda odddiy ishchi bo’lib ishlaysiz. Yaxshi pul topasiz, FSP topshirib olgandan keyin, vrach sifatida ishni boshlaysiz. Beshinchidan, Avtobus, metro kabi jamoat transportidan deyarli tekinga foydalanasiz. Oltinchidan, O’qishga kirib, bloklangan hisob raqamga pul qo’yganingizdan keyin sizga 100% viza beradi. Shu vaqtgacha bironta studentga vizadan otkaz berishganini eshitmaganman. (Jinoyatchi bo’lsa yoki yuqumli kasalligi bo’lsa balki otkaz ham berar)

Minus tomonlari : Birinchidan, Nemis tilini O’zbekistonda B2 darajaga obchiqish kerak. Bu ko’p vaqtni talab qiladi. Ikkinchidan, bloklangan hisob raqamda eng kamida 11000€ dan ortiq pul bo’lishi kerak. Uchinchidan, odatda faqat Mart/aprel yoki Sentabr/Oktabrda viza olish mumkin.

Bulardan tashqari, Anerkennung ausländischer Berufsqualifikationen vizasi (16d) bilan ham kelish mumkin. Lekin u yerda jarayon sal murakkabligi hamda ko’p vaqt olishi mumkinligi uchun uni bu ro’yhatga qo’shmadim. 2020-yilda Covid tufayli ba’zi Bundeslandlar FSP topshirmaganlar uchun ham Berufserlaubnis berdi. Ya’ni to’g’ridan to’g’ri ishchi viza bilan kelish mumkin edi. Ammo bilishimcha hozir buni iloji yo’q. Shuning uchun uni ham ro’yhatga qo’shmadim.

Post Muallifi : Abu Umar

Telegramdagi @uzDeutschland kanali uchun maxsus!

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen