O’zbekistonda med kollejni tamomlab, Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash

#Medkollejni_bitirganlar_uchun

Assalomu alaykum hammaga. Guruhda Germaniyada vrach bo’lib ishlash haqida ma’lumotlar juda ham ko’p. Lekin medkollejni bitirib, Germaniyada medsestra/medbrat/hamshira (nemis tilida Pflegefachmann /-frau) bo’lib ishlash haqida deyarli ma’lumot yo’q ekan. Bugun shu haqida oz-moz ma’lumot bermoqchiman.

O’zbekistonda medkollejni bitirib, Germaniyada hamshira bo’lib ishlash mumkinmi? Buning uchun nima qilish kerak?

-Mumkin. Buning uchun siz med kollejdan olgan diplomingizni Anerkennung qildirishingiz kerak.

-Anerkennung nima degani?

-Bu siz med kollej davomida olgan nazariy va amaliy bilimlar, Germaniyada hamshiralar 3 yillik Ausbildung davomida oladigan nazariy va amaliy bilimlarga qanchalik o’xshash ekanligini bilish jarayoni.

-Diplomni qayerda Anerkennung qildirish kerak? Buning uchun mendan nimalar talab qilinadi?

-Germaniyada 16 ta viloyat (Bundesland) bor. Ularning har birida alohida Anerkennungstelle mavjud. O’zingiz keyinchalik ishlamoqchi bo’lgan Bundeslanddagi Anerkennungsstellega Antrag, CV, Passport kopiya, diplom va ilovasi (nemischa tarjimasi bilan), ish joyizdan ma’lumotnoma, aynan shu Bundeslandda ishlamoqchi ekanligiz haqida tushuntirish xati va agar familyangiz o’zgargan bo’lsa, nikoh guvohnomasini jo’natishingiz kerak. (Bu NRW viloyati uchun hujjatlar to’plami, boshqa Bundeslandda qo’shimcha hujjatlar so’ralishi ham mumkin.)

-Nemis tili sertifikatini ham jo’natish kerakmi?

-Yo’q shart emas. Agar B2 darajadagi sertifikatingiz bo’lsa, jo’natishingiz mumkin. Lekin til sertifikati bo’lmasa ham, diplomni Anerkennung uchun jo’natish mumkin. Anerkennung javobiga qarab, keyinchalik B2 darajadagi til sertifikati baribir kerak bo’ladi.

-Anerkennung qildirgandan keyin nima bo’ladi?

-Agar siz med kollejda olgan bilimlar Germaniyada hamshira bo’lib ishlash uchun kamlik qilsa, siz Anpassungslehrgang yoki Kenntnisprüfung orqali Germaniyada hamshira bo’lib ishlash huquqiga ega bo’lishingiz mumkin. Qaysi birini tanlash o’zingizning ixtiyoringizda.

Agar siz olgan bilimlar yetarli deb hisoblansa, B2 sertifikat bilan Germaniyadan ish topib, ishchi viza bilan kelishingiz mumkin.

Siz olgan bilimlar qanchalik to’g’ri kelish yoki kelmasligi, siz med kollejda o’qigan fanlarga, ish tajribezga va albatta siz hujjat topshirgan Bundeslandga bog’liq. 16 ta Bundeslandning har birida alohida normalar mavjud. Shuning uchun, Bundeslandni oldindan yaxshilab tanlab oling. Bir vaqtning o’zida faqatgina 1 ta Bundeslandga Anerkennung uchun hujjat topshirish mumkin.

-Kenntnisprüfung nima? Uni qanday topshirish mumkin?

-Kenntnissprüfung bu sizning bilimlaringiz Germaniyada ishlash uchun yetarli yoki yetarli emasligini ko’rsatib beruvchi imtihon. U ikki qismdan iborat. O’g’zaki qism, 15-60 daqiqa davom etadi va amaliy qism, 1,5-2 soat davom etadi. Anerkennung uchun hujjat topshirgandan keyin, sizga Anerkennungsbescheid keladi. Shundan keyin Anerkennungsstellega Kenntnisprüfung uchun anmelden qilasiz, ular siz uchun imtihon tashkillashtirib berishadi. Kenntnissprüfungga o’zingiz mustaqil tayyorlanishingiz mumkin, yoki bo’lmasam Germaniyada bepul tayyorlov kurslar bor. Kenntnisprüfungdan o’tish uchun sizdan nemis tilini eng kamida B2 darajada bilish talab etiladi.

Post Muallifi : Abu Umar

Telegramdagi @uzDeutschland kanali uchun maxsus!

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen