Assalomu alaykum. So’nggi kunlarda Polsha, Litva kabi Yevroittifoq davlatlari orqali Germaniyaga ishga jo’natuvchi firmalar ko’payib bormoqda. Afsuski, ko’p hollarda shunaqa firmalar orqali Germaniyaga kemoqchi bo’lgan vatandoshlarimiz anchagina pulga aldanib qolmoqda, qimmatli vaqtlarini yo’qotishmoqda. Shunga, Boshqa davlatlat orqali Germaniyaga ishlagani kelish qanchalik rost ekanligi haqida ma’lumot bermoqchiman.
Avvalo, mabodo Germaniyada joylashgan kompaniyaga haydovchi/svarchik kabi ishchilar kerak bo’lsa, ovora bo’lib Litva firmalariga ishchi kuchi so’rab murojaat qilib o’tirmidi. Chunki Germaniyani o’zidayam bunaqa ishchilar keragicha topiladi. “ Germaniyaga ishchi kuchi kerak, shunga silarni jo’natamiz‘‚ degan firmalarga ishonmang. Qochoqlarni qabul qilgandan keyin Germaniyaga oddiy ischilar emas, mutaxassislar kerak. Zo’r doktor yoki zo’r dasturchimisiz? Marhamat, Germaniya eshiklari siz uchun doimo ochiq.
Polsha/Litva kabi davlatlardagi firmalar orqali Germaniyada ishlashni 2 ta yo’li bor.
1️⃣. O’sha firmalar sizni Polsha/Litvadagi bironta joyga ishga joylaydi, u yerda 5-10 yil ishlagandan keyin, Polsha/Litva hukumatidan Polsha/Litvada doimiy yashash huquqi(unbefristete Aufenthaltstitel) yoki EU-Dauerhaft tasnifidagi yashash ruhsatnomasini olasiz, keyin Germaniyada ishlashiz mumkin. 1 yillik, 2 yillik, 10 yillik polsha/litva vizalari bilan Germaniyada ishlashni iloji yo’q.
2️⃣. O’sha firmalar sizni Polsha/Litvadagi biron Kompaniyaga ishga joylaydi. Kompaniyani Germaniyada ham filiali bor. Shu holatda siz o’sha Polsha/Litva Kompaniyasi tomonidan Germaniyaga ishlashga jo’natilasiz, (kak komandirovkadaqa). Misol uchun, Siz Polshada chips ishlab chiqaruvchi Pringlesda ishlashni boshladiz, shunda boshliqlariz bn kelishib, Pringles tarmog’ining Germaniyadagi filialida ishlashga borishiz mumkin. Bu holatda siz faqat shu Germanigadagi Pringlesda ishlash huquqiga ega bo’lasiz, boshqa ishlarda ishlash mumkin emas.
Agar Uzbdagi firma sizga Polsha/Litvada filiali yo’q Germaniya firmasiga ishga jo’natishni va’da qilsa, aslo ishonmang. O’sha firma bn qayerda ishlashiz, qanaqa shartnoma asosida ishlashiz, qanaqa paragrafli visa berilishi haqida yaxshilab gaplashsangiz, ular aslida sizni aldayotganini bilishiz mumkin. Xullas, sodda bo’lmang birodarlar.
Post muallifi : Abu Umar