Assalomu alaykum hurmatli kanal a’zolari. So’nggi paytlarda O’zbekistondan Germaniyaga Ausbildung qilish maqsadida kelishni xohlayotgan vatandoshlarimiz soni ancha ko’paydi. Ko’pchilikga Ausbildung davomida olinadigon oylik miqdori qiziq bo’lsa kerak. Shuni inobatga olgan holda, qaysi kasbda Ausbildung davomida qancha pul topish mumkinligi haqida xabar bermoqchimiz.
Quyida Azubilar oladigan Ausbildungsvergütung haqida ma’lumotlar :
1. Krankenschwester / Krankenpfleger. Hamshiralar Ausbildung davomida birinchi yili 1050€, ikkinchi yili 1100€ va uchinchi yili 1200€ oylik olishar ekan.
2. Altenpfleger/in. Qariyalarga qarovchi azubilar ham krankenschwesterlar bilan deyarli bir xil oylik olishar ekan. 1000€, 1100€ va 1200€.
3. Bankkaufmann/-frau. Bo’lajak bankirlar ham Ausbildung davomida 1000€, 1100€ va 1160€ maosh olishar ekan.
4. Fachinformatiker/in. Bo’lajak dasturchilarimiz esa biroz kamtarroq maosh uchun ham Ausbildung qilishga tayyor ekanlar : 950€, 1000€ va 1050€.
5. Hotelmann/-frau. Bo’lajak mehmonxona hodimlari esa o’rtacha olganda birinchi yili 700€, ikkinchi yili 800€ va uchinchi yili 900€ atrofida maosh olishar ekan.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosan o’zbekistonliklar uchun tayyorlangan. Shuning uchun Pilot, Polizist, Fluglotsen, Beamter/in kabi kasblarni ro’yhatga kiritmadik.
Quyidagi savollarga javob berib o’tish ham maqsadga muvofiq bo’lsa kerak :
– Nima uchun Ausbildung davomida olinadigon oylik buncha kam?
– Chunki Ausbildung qilayotgan odamning (Azubi) asosiy maqsadi ish o’rganish hisoblanadi. U bir qancha vaqtini Berufsschuleda o’tkazadi, ishxonada ishlayotgan vaqtida ham Azubi qolgan ishchilar kabi katta ma’suliyatni sezmaydi. Shuning uchun ularning maoshi ( Ausbildungsvergütung) kamroq.
-Postdagi raqamlar haqiqatga qanchalik yaqin?
-Bu raqamlar o’rtacha hisoblanib, sohaga va Ausbildung qilayotgan joyga qarab biroz farqlanadi.
-Ausbildungdan keyin maoshlar ko’payadimi?
-Albatta, 3 yillik Ausbildungdan so’ng maoshlar sezilarli darajada ko’payadi. Aniq qanchaga ko’payishini keyingi postlarimizda bilib oling.
-Bu oylik men uchun oz, qo’shimcha ishlasam ham bo’ladimi?
-Ausbildungdan tashqari haftasiga 10 soat qo’shimcha ishlashingiz mumkin.
-Ausbildung davomida topiladigon eng kam oylik qancha?
-2021-yil uchun 550€ deb belgilangan.
-Postda yozilgan oylik qo’lga tegadigonimi?
-yo’q, yuqorida brutto oylik haqida yozilgan. Bundan soliqlar va ijtimoiy sug’urta olib qolinadi. O’rtacha 200€.
Hozircha shular, keyingi postlarda boshqa Ausbildung kasblari haqida ham ma’lumot berib o’tamiz. Bundan tashqari sizlar uchun har bir Ausbildung kasbiga alohida yondashib, 3 yil davomida nimalar qilinadi, Ausbildungdan oldin qanday intervyular bo’ladi, Ausbildungdan keyin qayerlarda ishlash mumkinligi haqida ma’lumotlar berish rejamizda bor. Kanalda qoling, afsuslanmaysiz😉
Post Muallifi : Abu Umar