Assalomu alaykum hurmatli kanal obunachilari. Germaniyaga o’qish uchun yoki nemis tilini o’rganish uchun kelayotganda bloklangan hisob raqam kerakligi haqida eshitgan bo’lsangiz kerak. Bugun sizlarga shu haqida ma’lumot berib o’tmoqchiman.
-Bloklangan hisob raqam nima uchun kerak?
-Germaniyada ma’lum muddat yashamoqchi bo’lgan har qanday inson yashash uchun mablag’i bor ekanligini isbotlab berishi kerak. Agar elchixona yoki Auslandebehörde sizda Germaniyada yashash uchun yetarli mablag‘ borligiga ishonch hosil qilmasa, sizga viza bermaydi yoki vizangizni muddatini cho’zib bermaydi. Chunki, agar siz mablag’siz holda Germaniyada yordamga muhtoj holda qolib ketsangiz, Germaniya o’z davlat byudjetidan sizga yordam berishga yoki deport qilish xarajarlarini qoplashga majbur. Buning oldini olish uchun, sizdan yashash uchun mablag’ingiz borligi haqidagi ma’lumotni so’raydi.
-Bloklangan hisob raqamga qancha pul qo’yishim kerak va u pullarni qachon yechib olishim mumkin?
-11208€ qo’yishingiz kerak va bu pullarni har oy eng ko’pi bilan 934€ dan yechib olishingiz mumkin. (2023-yilgi ma’lumot)
-Agar viza ololmasam, bloklangan hisob raqamimdagi pullarga nima bo’ladi?
-Elchixonadan vizangiz rad etilganligi haqidagi ma’lumotnomani bankka jo’natasiz va bank pulingizni qaytarib beradi.
-O’zi bloklangan hisob raqam kimlar uchun kerak?
-bakalavr yoki magistratura talabalari, til kursiga yoki studienkollegga ketayotganlar, ish izlash maqsadida viza olmoqchi bo’lganlar, diplomini anerkennung qildirish uchun kelayotganlar (16d).
-Bloklangan hisob raqam uchun pulim yo’q. Boshqa yo’li ham bormi?
-Ikkita yo’li bor. Birinchisi, Germaniyadagi tanishiz sizni kafolatiga olishi kerak. Buning uchun o’zini shahridagi Auslandebehördega borib, Verpflichtungserklärung olishi lozim. Ikkinchi yo’li, DAADga o’xshagan turli tashkilotlardan stipendiya yutib olish. Agar sizda na unisiga na bunisiga imkoniyat bo’lsa, unda au pair, fsj/bfd kabi bloklangan hisob raqam talab etilmaydigan dasturlar orqali Germaniyaga kelishingiz mumkin.
-Bloklangan hisob raqamni qayerdan ochish mumkin? Ochish uchun ham pul to’lash kerakmi?
-Bloklangan hisob raqamni quyidagi banklar orqali ochish mumkin :
Deutsche Bank : narxi 150€, oylik to’lovi yo’q
Expatrio : narxi 49€ hisob raqamni ochish va oyiga 5€.
Fintiba : narxi 89€ hisob raqam ochish va oyiga 4,90€.
Coracle : narxi 99€, oylik to’lov mavjud emas.
-Bloklangan hisob raqam menga Germaniyada ham kerak bo’ladimi?
-Birinchi marta vizangizni muddatini uzaytiryotganingizda kerak bo’ladi. Keyinchalik, yashash uchun mablag’ingiz borligini boshqa yo’llar orqali ham ko’rsatishingiz mumkin. (Oylik maosh, o’zbekistondagi oila a’zosidan kafolat xati va hkz).
Post Muallifi : Abu Umar
Telegramdagi @uzDeutschland kanali uchun maxsus!
Bilok shot ochish uchun keltiril banklarning farqi nimada?
faqat to’lovidami? yoki keyinchalik pul yechib olish uchun ham qandaydir farq bormi,aytaylik cheklovlar.
Asosiy farqi to’lovda. Germaniyaga kelgandan keyin ham turli xizmatlari uchun turlicha pul olishadi