Germaniyaga ishchi viza olish

So’ngi paytlarda ko’pchilik vatandoshlarimiz qanday qilib Germaniya davlatida ishlash mumkinligi haqida ko’p savol berishmoqda. Bugun shu haqida ma’lumot bermoqchiman. 

Eng avvalo, Nima uchun Germaniyada ishlamoqchisiz? Yaxshi oylik, ish va yashash uchun yaxshi sharoitlar, kuchli ijtimoiy himoya uchunmi? Yoki O’zbekistondagi/Rossiyadagi ishingiz yurishmayabdimi? Moliyaviy muammolar girdobidamisiz?

Butun dunyo bo’ylab juda ham ko’pchilik turli sabablarga ko’ra Germaniyaga kelib, ishlashni xohlaydi. Ammo dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biri hisoblangan Germaniya iqtisodi ham buncha ko’p talabgorni ish bilan ta’minlay olmaydi. Ayniqsa millionlab qochoqlar qabul qilinganidan so’ng, hozirda Germaniya oddiy ishchilarga emas, haqiqiy mutaxassislarga, o’z ishining ustalariga muhtoj. Ya’ni siz va sizga o’xshab Germaniyaga kelmoqchi bo’lganlarning hammasi ham viza ololmaydi. Germaniyada ishlash uchun ma’lum bir talablarga javob berishingiz kerak. Quyida ushbu talablar haqida tushuncha berishga xarakat qilaman. Agar shu talablarga javob beraman deb o’ylasangiz, unda Germaniyaga ishchi sifatida kelish uchun xarakat qilsangiz bo’ladi.

  • 1. Blaue Karte (Blue Card,moviy karta). Moviy karta Germaniyaga ishlash uchun kelmoqchi bo’lgan yuqori malakali ishchilarga beriladi. Moviy karta olish uchun quyidagi talablarga javob berishingiz kerak a) Germaniyada tan olingan universitet diplomiga ega bo’lishingiz
    b)Yillik maoshingiz 55,200€ dan kam bo’lmasligi (Vrach, IT-Dasturchi,Technikerlar uchun 43,000€ ) ya’ni oyiga 4600€ (3600€).
  • Aslida oddiy tuyilgan ushbu ikkita talabni bajarish ham oson emas, chunki Germaniyada ham 4600€ maoshli ishni topish mushkul ish, ayniqsa 3-davlat fuqarolariga. Moviy karta olish uchun nemis tili talab qilinmaydi, ish uchun shartnoma va o’sha shartnomada ko’rsatilgan 55,200€ lik maosh viza olish uchun kifoya qiladi. Blaue Karte olish haqida yana ham batafsil ma’lumotlarni boshqa postda yozishga xarakat qilaman. Germaniyada diplomingiz tan olinadimi? Moviy Karta olish talablariga javob beradigan ishni qayerdan topish mumkin? Visa olish jarayoni qanday bo’ladi? Oila a’zolaringiz ham siz bilan kela oladimi? Ularga qanday talablar qo’yiladi? Shu va shu kabi savollarga boshqa postda batafsil javob berishga xarakat qilaman. (Universitet diplomiga ega bo’lmaganlar Moviy kartaga ololmaydi)
  • 2. Fachkräfteeinwanderungsgesetz2020-yil 1-martda kuchga kiradigan Fachkräfteeinwanderungsgesetz orqali ham Germaniyaga ishga kelishingiz mumkin. Bunda ham universitet diplomiga ega malakali ishchilar (IT-mutaxassislariga diplom shart emas, ammo 3 yillik tajriba talab qilinadi) Germaniyaga ishchi sifatida kelishi mumkin. Blaue Karte dan farqi :
    a) Maosh uchun chegara mavjud emas 
    b) Hujjat topshirganizda ishlamoqchi bo’lgan ish joyiz va diplomiz Bundesagentur für Arbeit tomonidan tekshiriladi. BFA ni talabiga javob berganingizdan so’ng, viza olishingiz mumkin
    c) O’zingiz topgan ishni bajarish uchun yetarli nemis tili bilimiga ega bo’lishingiz zarur. 
    Hozircha O’zbekistonliklar uchun Germaniyada ishlashning ushbu ikkita yo’li mavjud. Agar o’zingizni shulardan biriga loyiq deb hisoblasangiz, hujjat topshirishingiz mumkin. Fachkräfteeinwanderungsgesetz haqida ham alohida post qo’yishga xarakat qilaman.
    Shaxsiy xabardan O’zbekistondagi har xil Agenturalar haqida so’rab turishadi. Emishki ular Germaniyaga ishga jo’natisharmush, yotoqxona va 2000€ lik maosh bilan ta’minlarmish, rus tilini bilsa bo’ldi emish. Bunchalik sodda bo’lish kerakmas. Unaqa agenturalarga ishonmeng, pulingizni olib,sizni aldab yuraveradi. Nechtasini ishi sudda ko’rib chiqilyabdi, har kuni internetda qaysidir agentura odamlarni aldab pulini olgani,endi esa sudi bo’lyatgani haqida xabarlar chiqadi. Shundan keyinam yana kimlardir shu agenturalarga ishonishni davom etadi,tavba. Keyin, Agenturani litsenziyasi borligi narsani o’zgartirmidi, Germaniyaga umuman aloqasi yo’q.

Ushbu post 2020-yilda yozilgan. Hozirgi 2023-yil iyul oyi holatiga ko’ra Germaniyaga ishchi viza olish yana ham osonlashgan. Yangi qoidalar haqida boshqa maqolada ma’lumotlar berishga harakat qilaman.

Post Muallifi : Abu Umar

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen