Germaniyada to’langan QQSni qanday qilib qaytarib olish mumkin?!

Ushbu post orqali Germaniyaga Work and Travelga yoki sayohatga kelgan insonlar qanday qilib to’lagan qo’shimcha qiymat solig’ini qaytarib olish haqida bilib olishlari mumkin.

#Tax_free_shopping #QQS_ni_qaytarib_olamiz

Hozirgi kunda ko’p yurtdoshlarimiz Germaniyada Ferienjob qilishyabdi, ular tez orada O’zbekistonga qaytib ketishadi. Qaytishdan oldin esa uydagilarga, tanish bilishlarga sovg’a🎁 olishni reja qilayotganlar ham bor bo’lsa kerak. Undan tashqari, Germaniyaga 3 oygacha bo’lgan muddatga turist sifatida, yoki oilasini ko’rgani mehmon sifatida kelayotganlar ham yo’q emas.

Bugun ana shunday insonlarga qanday qilib Germaniyada olingan tovarlarga to’lagan qo’shimcha qiymat solig’ini (QQS, nemischasi Mehrwertsteuer) qaytarib olish haqida ma’lumot bermoqchiman.


Avvalo QQS ni qisqacha tushuntirib o’tsam. Siz Germaniyada sotib olgan deyarli hamma narsaga, oziq-ovqatdan tortib kiyim-kechaklaru, texnika vositalariga ham qo’shimcha 19% (ba’zi tovarlarga 7%) soliq to’laysiz. Misol uchun, Mediamarktdan 1000€ ga Laptop sotib oldingiz, o’sha ming yevroning 160€si QQS, qolgan 840€ esa tovarning asl narxi. Deylik siz 500€ lik sovg’a salom (kiyim kechak, parfumariya va hkz) olsangiz, shuning 85€ sini QQS sifatida to’lagan bo’lasiz.

Qo’shimcha qiymat solig’ini tushinib oldik, endi qanday qilib uni qaytarib olish haqida gaplashsak. Tushunarliroq bo’lishi uchun yuqoridagi Mediamarkt va Laptop misolini davom ettiramiz. Amazonda ham, boshqa do’konlarda ham jarayon bir xil. Laptopni o’rniga har qanday tovar bo’laveradi.

Jarayon siz xarid qilmoqchi bo’lgan do’konda boshlanadi.

  1. Mediamarktga kirib, Laptopni tanlaysiz. Pulini to’lashdan oldin sotuvchiga sizning yashash manzilingiz chet elda ekanligini aytasiz. Sotuvchiga passport va vizani ko’rsatsez kifoya. Keyin u sizga Tax Free Formular (yoki Ausfuhr- und Abnehmerbescheinigung, ikkalasi ham bo’laveradi.) beradi. U hujjatga o’zingiz ham qo’l qo’yishingiz kerak bo’ladi. Do’konda 1000€ ni to’laysiz va chekni olasiz.
  2. Sotib olingan narsalarni ishlatish mumkin emas. Agar Germaniyadalik vaqtizda ishlatsez (kiyim bo’lsa kiysez), u holda QQS ni qaytarib ololmaysiz. Shuning uchun, olingan narsa o’zining karobkasi(Verpackungda) bo’lishi kerak. Ba’zi Zolldagilar tovarni karobkasini so’rab o’tirmaydi, tovar yangi va narxi yozilgan etiketka bilan bo’lsa bo’ldi.
  3. O’zbekistonga uchayotgan kuningiz birinchi navbatda Check in ga borasiz. Agar siz sotib olgan tovar topshiriladigan bagajda bo’lsa, check in hodimiga buni aytasiz. U bagajga qog’oz yopishtirib beradi va o’zingizga qaytaradi. Agar tovar qo’l yukida bo’lsa, bagajni topshirib yuboraverasiz.
  4. Tovarni, sotuvchidan olingan hujjatni, chekni, passportni va biletingizni olib Aeroportdagi Zollning Schalteriga borasiz. U sizning sotuvchidan olgan hujjatingizga pechat urib beradi. Ba’zi Aeroportlarda, misol uchun Düsseldorfda Zoll sizning bagajni o’zlari samalyotga jo’natadi. Boshqa ba’zilarida esa o’ziz boshqa joyga topshirishingiz kerak, buni Zolldan aniqlashtirib olsangiz bo’ladi.
  5. Pechat urilgan hujjatni pul almashtiradigan Change Schalteriga oborasiz. Ba’zi aeroportlarda buni Globalblue, yoki TaxFreeGermany kompaniyalari qiladi. Qaysi kompaniyadan pulni olishingiz sotuvchidan olgan hujjatizda yozilgan bo’ladi (agar yozilmagan bo’lsa, o’sha hujjatni pochta orqali sotuvchiga yuborasiz, sotuvchi sizga pulni kartangizga tashlab beradi). Xullas, o’sha schalterga borib, pulni naqd ko’rinishda olsangiz bo’ladi (bu xizmat pullik) yoki kartaga tashlattirishingiz ham mumkin. Sizga 1000€ lik Laptopning 160€ sini (pullik xizmatdan foydalansez, kamroq) qaytarib beradi.
  6. Agar Aeroportda Zolldan pechat ololmasangiz, faqat istisno holatlarda O’zbekistondagi Germaniya elchixonasidan ham pechat olib, hujjatni Germaniyaga jo’natish orqali QQS ni qaytarib olsez bo’ladi. Lekin elchixonaga nima uchun Zollda pechat olmaganingizni tushuntirib berishingiz kerak.

-Qaysi tovarlar uchun QQSni qaytarib olishning ilojisi yo’q?

-Xizmatlar (poezdlarga olingan biletlar, restaurant va hkz), sim kartalar, avtomobilning kerakli qismlari uchun to’langan QQS ni qaytarib olishning ilojisi yo’q. Qolgan hamma tovarlar, dori-darmonlar uchun to’langan QQS ni qaytarib olsangiz bo’ladi.

-Yana qanday shartlari bor?

-Siz olgan tovarning eng kam miqdori 50€ bo’lishi kerak. Undan tashqari sizda faqat 3 oylik shengen viza bo’lishi lozim. Agar sizda 3 oydan uzoq muddatlik milliy viza yoki Aufenthaltserlaubnis bo’lsa, to’lagan QQS ni qaytarib ololmiysiz.

Postni Germaniyada Ferienjob(work and travel) qilayotgan tanishlaringizga ulashib qo’ying. Talabaga 100€ ham xarnada😁

Telegramdagi @uzDeutschland kanali uchun maxsus!

Post Muallifi : Abu Umar

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen