Germaniyada Medizinische Fachangestellte sifatida Ausbildung qilayotgan yurtdoshimiz bilan intervyu

Ushbu post orqali MFA sifatida Ausbildung qilayotgan Xursandoy Akhmadjonovadan Ausbildung haqida ko’plab ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin

Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar. Sizlarga turli qiziqarli va foydali ma’lumotlar berib borish maqsadida intervyu ko’rinishidagi kichik loyiha boshlagan edik, ya’ni Germaniyada turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularning Germaniyadagi faoliyati, nima uchun aynan Germaniyaga kelgani, hozirda nimalar bilan bandligi , ushbu sohada Germaniyada shart-sharoitlar qanday ekanligi haqida ma’lumotlar berib boramiz.

Dasturimizning bu galgi mehmoni Myunxen shahrida Arzthelferin (Medizinische Fachangestellte) sifatida Ausbildung qilayotgan Khursandoy Ahmadjonova. Agar siz ham tibbiyot sohasida Ausbildung qilmoqchi bo’lsangiz, unda intervyuni o’qib chiqing, foydasi tegib qolishi mumkin.

-Assalomu alaykum. Intervyuga rozilik berganingiz uchun tashakkur. O’zingiz haqidagi ma’lumotlardan boshlasak. Qayerda tug’ilgansiz? Germaniyaga kelishdan oldin qayerlarda o’qigansiz?

-Vaalaykum assalom. Taklif uchun rahmat, hali intervyu beradigon darajada ko’p ishlarni qilib ulgirmagan bo’lsam ham, tajribam bilan o’rtoqlashsam, kimgadir foydali bo’lar deb o’yladim. Men Farg’ona viloyatining Marg’ilon shahrida tuģilganman. To’qqiz yillik maktabdan so’ng, Gyo’te instituti qoshidagi akademik litseyni tamomlaganman. Shundan keyin, Germaniya davlatiga Aupair dasturi orqali kelganaman. Litseyda nemis tilini yaxshi o’rganganmiz, Germaniyaga borishdan oldin Gyo’tedan B1/B2 sertifikat olganman.

-Demak, Germaniyaga kelishingizga litseyda nemis tilini o’rganganingiz sabab bo’lgan ekanda?

-Ha, shunaqa desa ham bo’ladi. Beshinchi sinfdan boshlab nemis tili ustozlarim Germaniya davlati, nemis xalqi haqida ko’p ma’lumotlar berib borishgan. Bundan tashqari, maktabimizga turli stipendiyalarda g’olib bo’lib, Germaniyada o’qiyotganlar ham ko’p bor tashrif buyurgan. Ularning taasurotlari, aytib bergan ma’lumotlarini eshitib, menda ham Germaniyada o’qish xohishi paydo bo’lgan.

-Mana hozirda Arzthelferin bo’lish uchun Ausbildung qilyabsiz. Ammo siz bilan 2-3 yil oldin gaplashganimizda, studienkollegga kirib, keyin universitetda o’qimoqchiligizni aytgandingiz, nima uchun Ausbildung qilishga qaror qildingiz?

-O’qish uchun hujjatlarim vaqtida tayyor bo’lmadi, bundan tashqari o’zim ham universitetga kirishdan oldin, Ausbildung qilib, tajriba to’plasam, shu tajribalar menga o’qish davomida ancha yordam beradi deb o’yladim.

Ausbildung uchun joy topish qiyin bo’lmaganmi? Sizdan nimalar talab qilishgan? Vorstellungsgeschprachda nimalarni so’ragan?

-Ko’p internet saytlarida doimiy Ausbildungplatz qidirganman. Ko’p suhbatlarga chaqirilganman. Shular orasida Münchendagi ish beruvchi va jamoa köp jihatlardan yoqqan. Suhbat paytida özim, qiziqishlarim, kelajak rejalarim, nimaga tibbiyot sohasida ishlamoqchiligimni sörashgan. Bundan tashqari, ularga mening nemis tili darajam ham ma’qul kelgan hamda shartnoma taklif qilishgan.

-Ausbildungni o’tgan yili boshlagan ekansiz, shu vaqtgacha o’rganganlaringizdan ko’nglingiz to’ldimi? Aynan nimalarni o’rgandingiz shu ikki yil mobaynida?

Hozirgi ish beruvchlarim LOR doktorlari, bemorlarga turli xil zamonaviy davolash usullari bilan tashhis qöyishadi. (Es ist spezialisiert auf die Schwerpunkte Schlaf- und Schnarchmedizin, Allergologie, Kinder HNO Heilkunde sowie HNO-Operationen für Erwachsene und Kinder)
Öqish davomida tibbiyotga oid umumiy bilimlar beriladi. Amaliy ish joyim LORda bölsa ham umumiy ta’lim olaman. Bu degani mabodo ish joyimda ishlashni xohlamay qolsam, yoki ta’limni tugatib, yana boshqa LORda ish qidirishim shartmas. Orthopäde yoki Hausarzt yoki Kardiologie yoki Pädiatriya Praxislarida bemalol ishni davom ettirishim mumkin. Lorda bölsam ham, boshqa sohalarda ham umumiy bilimlarim yetarli, lekin chuqur ma’lumotlar berilmidi. Ishlayotgan soham böyicha ko’proq narsa örganaman. Kelajakda foydasi tegadi degan umiddaman.

-Yana bir yil nimalarni o’rganasiz? Imtihon faqat uchinchi yilni oxirida bo’ladimi? Yoki har yil/chorakda imtihon topshirish kerakmi?

Öqish davomida amaliy bajarilishi kerak bölgan hamma vazifalarni öqituvchilar tomonidan nazariy va amaliy örgatib boriladi. Har bölim tugashida yoki oy oxirida imtihonlar olinadi va joriy Balllar yig’ib boriladi. Ikkita asosiy imtihonlar bor: oraliq va yakuniy. Oraliq imtixoni 2-kurs örtasida böladi. Yakuniy 3-kurs oxirida. Ishxonada köp narsa takroriy böladi. Shuning uchun ham har kuni örganadigan narsa yöq.
Bazan shoshilinch(Notfall) holatlar bölib qoladi. Kerakli yöl bilan Tez yordam körsatishni bilishimiz zarur.

-Hozirda aynan nimalar bilan shug’ullanishingizni aniqroq ayta olasizmi? Haftada necha kun ishda, necha kun maktabda bo’lasiz? Ishxonada aynan nima ishlar bilan mashg’ul bo’lasiz?

-Ish shartnomam böyicha haftalik öqish va ishlash majburiyatim 40 soatni tashkil qiladi. 1-kursda 1,5 kun öqish 3 kun ishlash kerak edi. Chunki öqish materiallarining köp qismi 1-kurs paytida beriladi. Va 2-3-kursda: 1 kun öqish 4 kun ish.

Amaliy Praxisda: bemorlarini qabul qilish, eshitish darajasi testi (Hörtest) chaqaloqlardan tortib to katta yoshli, eshitish Apparati ishlatadiganlarning Hörnervini tekshirish. Kuchli bosh aylanish holatlaridagi (Schwindel) test, Labaratoriya testlari va hakazo. Nemischada yozib ötaman(qulayroq), bemorga qarab yoziladigan terapiya böyicha aytiladigan TESTlarni hammasini qilaman :

Hör- und Gleichgewichtsdiagnostik
Schlaf- und Schnarchdiagnostik
HNO-Krebsvorsorge, Gesundheits-Check
Allergiediagnostik und -therapie
Neugeborenen-Hörscreening, Pädaudiologie
Tinnitus-Therapie, Hörberatung, Infusionen
Anpassung von Ohr-Schwimmschutz, Stechen von Ohrringen
Stimmdiagnostik und -therapie
Akupunktur
Reise- und Impfberatung
Tauchtauglichkeitsdiagnostik
Ästhetische Medizin, Laser-Haarentfernung, Faltenbehandlung.

-Sir bo’lmasa oyligingiz qancha? O’zingiz uchun yetarlimi?

-Shartnoma böyicha oyligim: 1-yil 850€. 2-yil 905€, 3-yil esa 960€ ni tashkil qiladi. Soliqlarga 150/200€ olib qoladi. Hozirgacha özimga bemalol yetyabdi.

-Agar o’tmishga qaytishga imkon bo’lganida, yana hozirgi yo’ldan yurarmidingiz? Aynan shu Ausbildungni tanlarmidingiz? Yoki o’zingizni boshqa sohada, yoki universitetda sinab ko’rarmidingiz?

-Holatga qarab ish tutgan bo’lardim. Gohida tanlash uchun boshqa yo’l bo’lmasligi mumkin, nimanidir majburlikdan qilishimizga to’g’ri keladi. Biron nima deyishim qiyin, o’sha paytdagi imkoniyatlarimga bog’liq bo’lardi hammasi. Lekin hozirgi ishimdan ham mamnunman.

-Ausbildungni tugatib, nimalar qilishni rejalashtiryabsiz? Germaniyada yana qancha muddat qolmoqchisiz?

-Ausbildungni tugatib, Abitur olib, universitetda o’qimoqchiman. Germaniyada qancha muddat qolishimni hali o’zim hal bilmiman?

-Siz Ausbildungdan oladigon diplomni O’zbekistonda ham foydasi tegadimi?

-Bilishimcha, Ausbildungdan oladigan Zeugnis/Diplomim na Germaniyada öqishim uchun va na Özbekistonda ishlashim uchun yordam bera oladi. Chunki turli xil Sistemalar, bir biriga mos kelmaydi. Balki nemislar Özbekistonda klinika ochib, ishga taklif qilsa bo’lar lekin bu ish deyarli imkonsiz.

-Siz kabi Arzthelfer/in bo’lishni niyat qilgan yoshlarga nimalarni maslahat berasiz?

-Maslahat berolmasam kere, töģrisi özimga maslahat kere bu borada.

Suhbat uchun kattakon rahmat. O’qish va ishlaringizda muvaffaqqiyat tilab qolaman.

Post Muallifi : Abu Umar

Telegramdagi @uzDeutschland kanali uchun maxsus!

Kommentar verfassen

Deine E-Mail-Adresse wird nicht veröffentlicht. Erforderliche Felder sind mit * markiert

Nach oben scrollen