Statistika
Germaniya statistika qo’mitasining 31.12.2022 kungi ma’lumotlariga ko’ra Germaniyada yashayotgan o’zbekistonliklarning umumiy soni 11865 ta. Shulardan 5945 tasi erkaklar va 5920 ta ayollar.
Shulardan 2690 ta ayolda va atiga 2010 ta erkakda Niederlassungserlaubnis (unbefristete Aufenthaltserlaubnis) mavjud bo’lsa, 735 ta erkakda va 370 ta ayolda Ausbildung/Studium qilish uchun viza bor ekan.
Undan tashqari, 420 ta o’zbekistonlik erkak va 230 ta ayol ishchi vizasi bilan Germaniyada istiqomat qilayotgan bo’lsa, 600 dan ziyod vatandoshlarimiz hech qanday vizasiz, noqonuniy ravishda Germaniyada yashayotgan ekan.
Oila birlashtirish vizasi bilan yashayotgan erkaklarimiz soni 565 ta bo’lsa, bu borada ayollarimiz ancha ilgarilab ketibdi, 1100 ta ayollarda oila birlashtirish vizasi mavjud.
Sizchi, qaysi viza turi bilan Germaniyada yashayabsz?🤔
Telegramdagi @uzDeutschland kanali uchun maxsus!