Sayt va uning admini haqida

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Germaniyaga kelishni xohlovchi vatandoshlarimiz soni kundan kunga ko’payib bormoqda. Lekin o’zbek tilida Germaniyaga kelish haqidagi ma’lumotlarni topish har doim ham oson ish emas. Shuning uchun, o’zim bir necha yillardan beri yozib kelayotgan postlarimni ushbu saytga joylab qo’yishlikka qaror qildim.

Agar ushbu saytda yozilgan maqolalarning sizga foydasi tegsa, xursand bo’laman. Duolaringizda eslab qo’yarsiz…

Odamzod yozgan qonun-qoidalar o’zgaruvchan, bugun boshqacha qoida, ertaga yana boshqasi. Shuning uchun, ushbu saytdagi postlar siz o’qiyotgan vaqtda eskirib qolgan bo’lishi mumkin. Germaniyaga kelishdan yoki qaror chiqarishdan oldin boshqa aktuell ma’lumotlarni ham o’qib qo’yganingiz yaxshi.

Yozganlarimdan asosiy maqsad, Germaniyaga kelmoqchi bo’lganlarga beminnat ma’lumotlar berish. Na saytdan, na telegramdagi kanaldan hech qanday moliyaviy daromad keladigan joyi yo’q.

Maqolalarda qandaydir kamchiliklar, imlo-xatolar uchun uzur so’rayman. Qancha harakat qilinishidan qat’iy nazar, mukammal bo’lishni, mukammal yozishni iloji yo’q menimcha…

O’zim haqimda qisqacha : 2017-yilda Germaniyaga til kursi orqali kelganman. Men kelayotgan vaqtda o’zbek tilida ma’lumotlar deyarlik yo’q edi, shu tufayli kelajakda Germaniyaga kelish haqida o’zbek tilida ham ma’lumotlar yozishni niyat qilgandim.

Agar sizda qandaydir taklif, e’tiroz yoki maslahatlar bo’lsa, telegramdagi @Abu_Umar_2021 profiliga yozishingiz mumkin.

Nach oben scrollen